Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə54/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

2. Oilaning reproduktiv vazifasi. Har qanday zamon va makonda ham oila,
eng avvalo, avlodlar davomiyligini ta’minlash, naslni saqlash sanaladi. Dastlab

73
tayanch tushuncha (“reproduktivlik”)ning lug’aviy ma’nosini anglab olish oilaning


reproduktivlik vazifasi mohiyatini to’laqonli tushunish imkoniyatini yaratadi.
Elektron manbalardan birida talqin etilishicha, “reproduktivlik” (lot. “fertillik”
(“fertilis”) – nasl qoldirish) tushunchasi “voyaga etgan organizmning nasl qoldirish
layoqatiga egaligi”
58
ma’nosini anglatishga xizmat qiladi. Biologiya, tibbiyot kabi
sohalarda “reproduktivlik” tushunchasining antonimi sifatida “bepushtlik” atamasi
ishlatiladi. Yuqorida ko’rsatilgan elektron manbada qayd etilishicha, voyaga etgan
organizm sifatida odam yoki hayvonning nasl qoldirish layoqatiga ega bo’lmasligi
“bepushtlik”, niholning ma’lum yildan so’ng, etarli darajada rivojlanganidan keyin
ham hosil bera olmasligi “sterillik” (lot. “sterilis” – ko’paya olmaslik) deb
yuritiladi. “Salomatlik. Ommabop-meditsina entsiklopediyasi”
59
esa “bepushtlik”
tushunchasi lug’aviy nuqtai nazardan “voyaga etgan organizmning nasl qoldirishga
ojizligi”ni ifodalovchi ma’noni anglatishiga urg’u berib o’tiladi.
Ko’pgina xalqlar, shu jumladan, o’zbek xalqida oilani barpo etishdan ko’zlangan
asosiy maqsad – sulolaning davomiyligini ta’minlash, nasl qoldirish hisoblanadi.
Sulolaning davomiyligini ta’minlash, nasl qoldirish nafaqat shaxsiy, shu bilan
birga ijtimoiy ahamiyatga ega masala sanaladi. Farzand ko’rish (nasl qoldirish) ota
hamda onaning shaxsiy xarakterga ega xohish-istaklariga ko’ra amalga oshirilsa-
da, biroq, bu jarayon jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ishlab chiqarish kuchining
shakllanishi nuqtai nazaridan ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Shu sababli insoniyat
tarixiy taraqqiyotining deyarli barcha davrlarida avlodlar davomiyligini ta’minlash
kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo’lib kelgan.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ham yoshlarda reproduktiv salomatlikni
shakllantirishga davlat miqyosida alohida e’tibor qaratildi. Buning isboti
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda unda ifodalangan g’oyalarda o’zining
yaqqol ifodasini topgan. Ushbu dasturda “reproduktiv salomatlikni saqlash va
sog’lom oilani shakllantirish muammolari bo’yicha yoshlar va yosh oilalar orasida
tushuntirish ishlari olib borish”
60
dolzarb ijtimoiy vazifalardan biri ekanligi alohida
ta’kidlangan.
Mazkur masala G’arb mamlakatlarida nikoh va oilaga g’ayriaxloqiy qarashlar
qaror topib, ularning muqaddasligiga putur etayotgan, bir jinsli nikoh tobora keng
targ’ib etilayotgan, qolaversa, erkak va ayollarning bepushtligiga sabab bo’luvchi
omillar (jinsiy organlardagi turli salbiy o’zgarishlar, jinsiy a’zolarning tug’ma
nuqsoni (kriptorxizm), shikastlanishi (orxit, epididimit), yallig’lanishi, endokrin
tizimi faoliyatining o’zgarishi, irsiy kasalliklar (m: Shereshevskiy, Terner, Daun va b.
kasalliklar), Internet sahifalari va ayrim telekanallarda pornografik suratlar,
sahnalarning namoyish etilayotganligi, aksariyat yoshlarning real va vizual hayotni
ajrata olmayotganliklari, yigit va qizlarning jinsiy jihatdan to’g’ri, etarlicha
rivojlanmayotganliklari va h.k.) sonining ortib borayotgan mavjud sharoitda,
ayniqsa, o’ziga xos dolzarblik kasb etmoqda.
58
Репродуктивность // Wikipediya.
59
Саломатлик. Оммабоп медициина энциклопедияси. – Тошкент: Ўзбек энциклопедияси Бош редакцияси. –
1985. – 41-бет
60
“Баркамол авлод йили” Давлат дастури. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2010. – 21-бет.

74
Farzandning benuqson va sog’lom dunyoga kelishida onalarning roli beqiyos.


Biroq, so’nggi yillarda ayollarda ham bepushtlik holatlari tobora ko’proq
kuzatilmoqda. Ayollarda namoyon bo’ladigan bepushtlik bachadon va ortiqlar
(tuxumdon va naylar)ning yallig’lanish kasalliklari (adneksit), so’zak, jinsiy
organlar sili, ichki sekretsiya bezlari (tuxumdon, qalqonsimon bez, bo’yrak usti
bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balog’atga etish davrida yuqumli
(infektsion) kasalliklar bilan og’rish natijasida markaziy asab tizimida ro’y bergan
o’zgarishlar, jinsiy organlarning etilmay qolishi (infantilizm) bilan bog’liq
61
.
So’nggi yillarda maxsus adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida
ham “reproduktivlik” yoki boshqacha aytganda, “reproduktiv salomatlik”
tushunchalari ko’p qo’llanilmoqda. Yana bir elektron manbada “reproduktiv
salomatlik” tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “insonning reproduktiv tizimi
shakllanishi va o’z faoliyatini to’la bajara olishini ta’minlaydigan barcha hayotiy
jarayonlarda jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan kamolga etganlik holati”
62
.
Demak, reproduktivlik insonga xos reproduktiv tizim faoliyatining benuqson
ishlashi asosida uning bevosita sog’lom farzand ko’ra olishidir. Shunga ko’ra har
bir shaxsning reproduktiv salomatlikka egaligini quyidagi belgilar asosida
baholash mumkin: 1) shaxs reproduktiv tizimining salbiy asoratlarsiz, benuqson
shakllanishi; 2) reproduktiv tizimning o’z fiziologik vazifasining benuqson bajara
olishi; 3) reproduktiv tizim faoliyati jarayonida shaxsning o’zini ma’naviy-
axloqiy, jismoniy, fiziologik, aqliy va ijtimoiy jihatdan kamolga etganligini his qila
olishi.
Shunga ko’ra “shaxsning reproduktiv salomatligi uning oilaviy hayotga
ma’naviy-axloqiy, jismoniy, aqliy va ijtimoiy tayyorligi, er-xotin o’rtasidagi
jismoniy yaqinlikning har ikki tomon uchun ham ijobiy xarakter kasb etishiga
erishishi, farzand ko’rish xohishining qondirilishi va, eng muhimi, sog’lom farzand
ko’ra olishi uchun xizmat qiladi” (N.Ashurova).
Bugungi kunda har bir oilada ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari
hamda ijtimoiy institutlari bilan hamkorlikda yoshlarning reproduktiv salomatlikka
ega bo’lishlarini ta’minlash yo’lida amaliy ishlarni olib borish maqsadga
muvofiqdir. Ijtimoiy hamkorlik asosida yoshlarni nikoh va oilaviy hayotga:
ma’naviy-axloqiy (oila uchun mas’ullik, oila va nikohni muqaddas deb bilish,
oila sha’ni va oila a’zolarining obro’sini himoya qila olish, er-xotin, shuningdek,
ota-ona va farzandlar o’rtasida o’zaro hurmatni qaror toptirish, tasodifiy jinsiy
aloqalardan o’zini tiyish),
jismoniy (er-xotin o’rtasidagi jismoniy yaqinlikning har ikki shaxs uchun
ijobiy xususiyat kasb etishiga erishish, bu jarayonning ixtiyoriy, hech qanday
zo’rlik, majburlashlarsiz kechishiga erishish),
fiziologik (erkakning tug’dirish, ayolning tug’ish qobiliyatiga egaligi),
aqliy (oilaviy hayotni mo’’tadil kechishini ta’minlash, ota-onaning yosh
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda farzandlar soni, farzand ko’rish davrlarini
ixtiyoriy belgilash, homiladorlik muddatlari o’rtasida ma’lum oraliq (interval) bo’lishi
61
Ўша манба. – 41-бет.
62
Репродуктивное злоровье //
http://my.mail.ru/community/uneasyparents
.

75
zarurligini inobatga olish, istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini


ko’rish; vositalari (jumladan, kontratseptsiya vositalari) va metodlaridan xabardor
bo’lish, reproduktiv salomatlikka erishishni kafolatlovchi omillar (organizmda
bepushtlik kelib chiqish sabablarini bartaraf etish maqsadida jinsiy gigiena
qoidalariga rioya qilish, o’z vaqtida davolanish yoki qo’shimcha reproduktiv
texnologiyalardan foydalanish malakalarini o’zlashtirish), vositalar, metodlar
hamda xizmatlar to’g’risidagi axborotlardan foydalanish qobiliyatiga egalik);
ijtimoiy (oilani ongli rejalashtirish) jihatdan tayyorlash zarur.
Oila faoliyati reproduktiv nuqtai nazardan sog’lom farzand ko’rish, uni har 
tomonlama sog’lom qilib voyaga etkazish, fiziologik, jinsiy va jismoniy jihatdan
qizlarni onalik, yigitlarni esa otalikka to’laqonli tayyorlashdek vazifalarni hal
qilishga yo’naltiriladi.
Daniyalik olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha,
“Koka-kola” ichimligini muntazam iste’mol qilish voyaga etgan yigitlarning
farzand ko’rish imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytiradi. 2,5 ming nafar
yoshlar ishtirokida o’tkazilgan tadqiqot jarayonida ushbu ichimlikni kuniga 1 litr hajmida
muntazam iste’mol qiluvchilarda uni deyarli iste’mol qilmaydiganlardan farqli
ravishda farzand ko’rishda muhim element sanaladigan sperma (jinsiy suyuqlik)da
spermatozoid (jinsiy hujayra)lar sonining 30 foizga kam bo’lishi aniqlangan. Bu holat
bepushtlikka olib keladi. Bir millilitr spermada “Koka-kola” iste’mol qilmaydigan
shaxslarda o’rtacha 50 million, yoshlarning sevimli “chanqoq bosdisi” boshqa turdagi
ichimliklar bilan iste’mol qilinganda esa jami 35 million spermatozoid mavjud
bo’lishi ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlangan.
Jahon miqyosida keng tarqalgan ushbu ommaviy ichimlik, ayollarning ham
farzand ko’rish qobiliyatlarini pasaytiradi. Agarda, ayollar farzand ko’rish oldidan
hafta davomida qand miqdori yuqori bo’lgan mazkur ichimlikdan 5 yoki undan ortiq
hissa (portsiya) iste’mol qilsalar, u holda homiladorlik vaqtida diabetga chalinish xavfi
22 foizga ortadi. Bunday xavf tarkibida qand miqdori yuqori bo’lgan yoki sun’iy
moddalar qo’shilgan boshqa “chanqov bosdi” ichimliklar iste’mol qilganda u qadar
yuqori bo’lmaydi
63
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin