3. Oilaning tarbiyaviy vazifasi. O’ziga xos tarbiya muhiti bo’lgan oila
farzandlarning kamolotini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Oilaning tarbiyaviy
imkoniyatlari beqiyosdir. Bolaning tabiiy alomatlari va nasl-nasabi qanchalik
ahamiyatga ega bo’lmasin, tarbiya hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Oilaning tarbiyaviy
vazifasi bolalarda ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik, jinsiy,
ekologik, huquqiy, iqtisodiy fazilatlarni tarbiyalashdan iborat.
Ota-onalar
farzandlarda
yoshlikdanoq
ma’naviy-axloqiy
sifatlarning
shakllanishiga e’tibor qaratishlari lozim. Zero, “oilada uyushtirilajak axloqiy
tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning
boshqa a’zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga
hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, sahovat,
insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g’urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash
63
Репродуктивность //
http://www.malina-mix.com/topic23942.html
.
76
va h.k.ni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida
oiladagi sog’lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari,
ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday
vaziyatda qo’llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan
qo’yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko’rsatilayotgan e’tiborning bir xil
bo’lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada
muayyan an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan
hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari,
mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo’lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati
borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning
shakllanishini ta’minlaydi”
64
.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o’rgansh asosida shunday xulosalarga
kelish mumkin:
1) oilaning bolaga ta’siri boshqa har qanday tarbiyaviy harakatlardan kuchli;
2) oilada shunday sifatlar shakllanadiki, oiladan tashqari hech qaerda bunday
sifatlar shakllanishi mumkin emas;
3) oila muhitida shaxsning ijtimoiylashuvi amalga oshadi, shu sababli oilada
jamiyat a’zosi – fuqaro, vatanparvar shaxs, bo’lg’usi oila boshlig’i, qonunga rioya
qiluvchi huquqiy faol shaxs, iste’molchi voyaga etkaziladi, binobarin, oila qanday
bo’lsa, jamiyat ana shunday bo’ladi.
4) oila an’analarning davomiyligini ta’minlaydi;
5) oilaning muhim ijtimoiy funktsiyasi fuqaroni tarbiyalashda aks etadi;
6) oila kasb tanlashga muhim ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |