Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


O’zbek oilalarida tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə81/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

O’zbek oilalarida tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlar 
Ijobiy metodlar 
Salbiy metodlar 
So’rash 
Arazlashish 
Sovg’a berish 
Talab qilish
 
Ayblash 
Homiylik qilish 
Tasalli berish 
Bahslashish 
Qarg’ash
Ta’birlash 
Begona qilish 
Xo’mrayish
Ta’kidlash 
Biriktirish 
Zorlanish
Taqdirlash 
Bitim tuzish 
Aldash 
Buyurish 
Girgiton bo’lish 
Bachkanalashish 
Va’da olish 
Tahsinlash 
Vaysash 
Ta’qiqlash 
Tenglashish 
Gij-gijlash 
Hamdard bo’lish 
Tergash 
Gina qilish 
Hurmat qilish 
Uyaltirish 
Yomonlash 
Kafil bo’lish 
Shavqlantirish 
Zarda qilish 
Kengashish 
Erkalatish 
Ko’r-ko’rona ishonish 
Koyish 
Yalinish 
Majbur qilish 
Kuzatish 
O’ynatish 
Nizo keltirib chiqarish 
Ko’rsatish 
O’rgatish 
So’kish 
Maqtash 
O’qitish 
Urishish 
Nasihat qilish 
Qaytarish 
Ishonchisizlik bildirish 
Ovutish 
Hazillashish 
“Men”ligini tan olmaslik
Odatlantirish 
 
 
Oqlash 
 
 
Tushuntirish
 
Ishonch bildirish
 
Baholash
 
Talab va uning tarbiyaviy ta’sirchanligi. Oilada bolalarning muayyan
xarakterga ega bo’lishlari, shuningdek, ular tomonidan ma’lum xatti-harakatlar
sodir etilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali metodlardan biri – talab
sanaladi. Mohiyatiga ko’ra talab quyidagi ikki maqsadni amalga oshirishga
yo’naltiriladi. Xususan:
1) bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini tashkil etishga rag’batlantirish. Ushbu
o’rinda talab ota-onalar hamda bolaning hayotiy maqsadlari birligiga erishish
ta’minlanadi, jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlar
in’ikosining bolalar xulq-atvori, xatti-harakatlari, shuningdek, ijtimoiy faoliyati
jarayonida aks etishi uchun zamin yaratadi;

106
2) bolalarni oila manfaati yoki ota-onalarning xohish-istaklarini ro’yobga


chiqarish yo’lida muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
Bu vaziyatda ota-onalarning talablar aksariyati bolalarning yosh, psixologik va
shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq kelmaydi. Natijada talablar garchi ijobiy
mazmunga ega bo’lsa-da, kutilgan samarali ta’minlamaydi. Aksincha, bolalarda
ularga nisbatan jiddiy norozilikni keltirib chiqaradi.
Talab o’z mohiyatiga ko’ra ikki: bevosita va bilvosita kabi turlarga bo’linadi.
Ayni o’rinda talabning asosiy turlarining mohiyatini ta’riflash maqsadga
muvofiqdir.
Talabning u yoki bu turini tanlash pedagogik vaziyatning hisobga olinishiga
bog’liq. Bevosita talablarning qo’yilishi uchun zarur omil bo’lib xizmat qilinuvchi
pedagogik vaziyatda quyidagi ikki holat yuzaga keladi va ular qo’yilayotgan
talabning to’la bajarilishi uchun imkoniyat yaratadi:
1) tarbiyalanuvchining muayyan talabni qo’yayotgan sub’ektga nisbatan munosabati;
2) tarbiyalanuvchining bajarilishi talab etilayotgan faoliyatga bo’lgan munosabati.
Mavjud munosabatlarni ijobiy, betaraf va salbiy kabi guruhlarga bo’lish
mumkin. Biroq, tarbiyaviy faoliyat amaliyotida bunday munosabatlarning ko’plab
ko’rinishlari kuzatiladi.
Bevosita talab ota-onalarning “Faqat shunday qilasan” degan umumiy formula
yordamida ifodalanuvchi murojaati bo’lib, u qat’iy, dadil ohangda ifodalangan va
aniq ko’rsatmaga asoslanadi. Bunday holatda bolalarni harakatga undovchi omil –
talabning o’zi hisoblanadi.
Bevosita talab bola tarbiyasining boshlang’ich bosqichida ayniqsa ta’sirchan
bo’ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa, bolani
tarbiyalab bo’lmaydi. Agarda tarbiya jarayonida ota-onalar talablarni qo’yishda
ikkilansalar, ularning bolalar tomonidan to’laqonli bajarilmasligiga e’tiborsiz
munosabatda bo’lsalar, qo’yilayotgan talab pedagogik jihatdan muayyan
ahamiyatga ega bo’lmaydi. Shuningdek, ota-onalar bunday vaziyatlarda o’z xatti-
harakatlari jiddiy xatoga yo’l qo’yadilar.
Bolalarning yangi yo’nalish va mazmunga ega faoliyatlarini tashkil etish
jarayonida ham bevosita talab zarur. Mazkur o’rinda bevosita talab mohiyatiga
ko’ra yo’l-yo’riq berish kabi namoyon bo’ladi. Bevosita talab aksariyat
vaziyatlarda farzand ota-onalarining fikri yoki ma’lum faoliyatga nisbatan betaraf
munosabatda bo’layotgan bo’lsa qo’llaniladi. Qayd etilayotgan jarayonda bevosita
talabning quyidagi qoidalarga muvofiq bo’lishi muhim ahamiyatga ega:
1) talab ijobiy mazmunga ega bo’lishi, bolalarni aniq xatti-harakatlarni tashkil
etishga yo’naltirishi, ular tomonidan tashkil etilayotgan muayyan harakatlarni
ta’qiqlash yoki to’xtatishga xizmat qilmasligi lozim. Albatta, tarbiya jarayonida
ma’lum ta’qiqlardan bolalar belgilangan ijtimoiy xulq-atvor qoidalarni
buzganlarida samarali foydalanish zarur. Biroq talablarning faqatgina ta’qiqlardan
iborat bo’lishi pedagogik jihatdan noto’g’ridir. Talablarning qo’yilishidan
ko’zlangan asosiy maqsad ular e’tiboriga bolalarning ijobiy xulq-atvori va faoliyati
uchun harakat dasturining berilishi bilan tavsiflanadi.

107
2) bevosita talab aniq maqsadga yo’naltirilgan, to’laqonli ifodalangan


mazmunga ega, aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Dastlabki paytlarda bolalarning
yangi harakatlarini rag’batlantirganda talab yo’l-yo’riq berish bilan qo’shilib
ketganday bo’ladi. Bunday holat talablar mazmunini soddalashtirib, mohiyatini
aniq yoritib beradi;
3) ota-onalar tomonidan ifodalanayotgan har bir oqilona talab, albatta,
bajarilishi, yakuniga etkazilishi kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir yangi talabning bajarilishi ota-onalar
tomonidan qo’yiluvchi navbatdagi talablarining kuchi va ta’sirchanligini oshiradi,
bolada ota-onasining irodasiga ongli yondashish odatini shakllantiradi. Har bir
bajarilmagan talab esa, aksincha, navbatdagi talablarning samaradorligini
pasaytirdi.
Bevosita talablarning ijrosi haqida so’z yuritilganda, ularning qat’iy, ishonarli
ohangda bayon etilishi muhim ekanligiga e’tiborni qaratish talab etiladi. U vazmin,
jiddiy holatda ifoda etilishi, baqiriqqa, bolani haqorat qilishga aylanib qolmasligi
kerak.
Bilvosita talablarda ota-onalarning maqsadi to’g’ridan-to’g’ri ifodalanmay,
balki, bir qadar yashirin tarzda bo’ladi. Talabalarni qo’yishda rag’batlantirishdan
ham foydalaniladi. Rag’batlantirish omili sifatida faqat talabning o’zidan emas,
balki bir qator psixologik omillar, ya’ni, bolaning ichki kechinmalari, his-
tuyg’ulari, hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlariga tayaniladi. Bevosita talablarni
mohiyatiga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:
1.
Ota-onalarning farzandlariga bo’lgan ijobiy munosabatini ifodalovchi
talablar. Bular – iltimos, ishonch, ma’qullashdir. Ayni o’rinda ularni ijobiy talablar
deya nomlash mumkin.
2. Ota-onalarning bolalarga bo’lgan munosabatini yaqqol ifodalovchi
hamda farzandlarni muayyan faoliyatga rag’batlantiruvchi munosabatlar
mohiyatini yorituvchi talablar. Bular – maslahat, sha’ma, shartli talab va o’yin
shaklidagi talabdir.
3. Bolalarning u yoki bu axloqiy xislatlariga salbiy munosabatni namoyish
etuvchi talablar. Bular – ishonchsizlik bildirish va do’q qilishdir. Ularni salbiy 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin