Nazorat savollari: 1. “Oila tarbiyasi metodlari” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
2. Oila tarbiyasida asosan qanday metodlar qo’llaniladi?
3. Ijobiy xarakterga ega qanday metodlarni bilasiz?
4. Oila tarbiyasida qo’llaniladigan salbiy xarakterdagi metodlar bilan
tanishmisiz?
5. Talablarning tarbiyaviy ta’sirchanligi nimalarda aks etadi?
6. Oila tarbiyasida qo’llaniladigan talablarni qanday guruhlarga ajratish
mumkin?
Mavzuga oid adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008.
2. Jamoa. Oila pedagogikasi. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. –
Toshkent: “O’qituvchi”, 1999.
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
5. Quronov M. Oila tarbiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.
Amaliy topshiriqlar: 1. O’z ota-onalaringiz faoliyati misolida oila tarbiyasiga qo’llanilgan ijobiy va
salbiy xarakterdagi metodlar ro’yxatini tuzing.
2. “T-jadval” grafik organayzeri yordamida o’zingizga ma’lum bo’lgan oila
tarbiyasida muayyan metodlar qo’llanilishida ularning ta’sirchanligini oshiruvchi
va pasaytiruvchi holatlarni tahlil qiling.
3. Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi ijobiy va salbiy talablarni o’zida aks
ettiruvchi buklet tayyorlang.
Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
109
1. Topshiriqni bajarishda talabalar mustaqil ishlaydilar. Mashg’ulotda jamoa
o’qituvchi rahbarligida har bir talabaning ishi bilan tanishib chiqadi. Barcha
javoblar o’rganilib, oilalarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar umumlashtiriladi.
Shu asosida o’zbek oilalarining tavsifi haqidagi ma’lumotga ega bo’linadi.
2. Talabalar topshiriqni kichik guruhlarda bajaradilar. Har bir guruh “T-jadval”
grafik organayzeri vositasida oila tarbiyasida qo’llaniladigan metodlar ta’sirchanligini
oshiruvchi va pasaytiruvchi holatlar yuzasidan o’z javoblarini yoritadi. Jamoa
guruhlar ishi bilan tanishib, eng yaxshi ishni aniqlaydi.
3. Topshiriqni bajarishda jamoa a’zolari ikki guruhga birlashgan holda
ishlaydilar. O’qituvchi guruhlarga quyidagi topshiriqni beradi: