Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” – o’quvchilar jamoasida tashkil etiladigan
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakl, metod va vositalari, ularni tashkil etish,
o’tkazish va natijalarini tahlil qilish masalalarini o’rganuvchi fan. Tarbiyasini
tashkil etishda ota-onalarning tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga oid
pedagogik, metodik bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari nihoyatda muhim. Zero,
oila pedagogikasining asosini oilada tarbiyaviy ishlarni to’g’ri, samarali tashkil
14
etish etish tashkil qiladi. Shu sababli ota-onalar har bir xatti-harakatlarining
tarbiyaviy mohiyatga, ta’sirga egaligini chuqur anglab etishlari zarur. Albatta,
oilada tashkil etiladigan tarbiyaviy (ma’naviy-ma’rifiy) ishlar ta’lim
muassasalarida bo’lgani kabi reja, dastur hamda maxsus tayyorgarlik asosida
amalga oshirilmaydi. Oila tarbiyasining murakkabligi, qiyin jarayon ekanligi ham
aynan shunda namoyon bo’ladi. Aksincha, ota-onaning yurish-turishi, o’zini
tutishi, so’zlari, atrofdagilar bilan muomasi, oila xo’jaligi, hatto kasbiy faoliyatiga
bo’lgan yondashuvi ham farzandlarning ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’ladi. Shu
bois tarbiyaviy ishlar metodikasiga oid bilimlar ota-onaga o’zlarining yurish-
turishi, o’zini tutishi, so’zlari, atrofdagilar bilan muomasi, oila xo’jaligi, hatto
kasbiy faoliyatiga bo’lgan yondashuvini ijobiy mazmunga ega bo’lishini
ta’minlashga yordam beradi. Oila davrasida tashkil etiladigan suhbat, ota-ona va
farzandlar o’rtasidagi savol-javoblarda kutilgan natijaga erishish, oila xo’jaligini
boshqarish, uni tashkil etishda yoki fanlarni o’zlashtirishda farzandlar o’rtasida
o’zaro musobaqalarni uyushtirish, oila hayoti uchun muhim bo’lgan masalalarni
muhokama qilish jarayoniga ularning jalb etish katta tarbiyaviy ta’sirga egaligini
ota-ona etarli darajada anglay olishi zarur. Bunda, albatta, ota-onalarga
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani yordamga keladi.