Pedagogik kuzatish. Ushbu metod yordamida tadqiqotchi tomonidan oilada
tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab
o’rganiladi. Pedagogik kuzatish orqali oiladagi tarbiyaviy jarayonini o’rganish
asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida
qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq aniqlanadi. Pedagogik kuzatish
murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida,
uzluksiz, izchil, tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin.
Olib borilayotgan pedagogik kuzatish oila tarbiyasi samaradorligiga erishish,
barkamol shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, u holda metodning ahamiyati
yanada oshadi.
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida
pedagogik kuzatuv metodini qo’llashda tadqiqotchi samaradorlikka erisha olishi
zarur. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik.
Suhbat metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan – suhbat asosida
tarbiyani tashkil etish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud
holatga to’g’ri baho berish, oilaviy muammolar echimini topishga imkon beruvchi
shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini
muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat metodi maqsadga muvofiq
holda individual, guruhli va ommaviy shakllarda tashkil etiladi. Uni tashkil etish
jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bo’lishiga
erishish muhimdir. Oila tarbiyasini tashkil etishda suhbat metodini qo’llashda ham
muayyan shartlarga amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilardir:
1. Педагогик кузатиш.
2. Суҳбат методи.
3. Анкета методи.
4. Интервью методи.
5. Тест методи.
6. Педагогик тажриба методи.
7. Ижтимоий-педагогик ретроспектив метод.
8. Математик-статистик метод
savollarning mazmuni aniqlash, savollar o’rtasida o’zaro mantiqiy bog’lanish va
izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish;
4) suhbatdosh to’g’risida avvaldan ayrim ma’lumotlarga ega bo’lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish;
6) suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit
yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish.