Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə14/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

“Estetika asoslari” (“Nafosatshunoslik”; yun. “aisthetikos” – his qilish, hissiy
idrokka oid) – inson va olam o’rtasidagi qadriyatli munosabatning o’ziga xos
jihatlarini, kishilarning badiiy faoliyati sohasini o’rganuvchi fan
17
. Shaxsning
ijobiy his-tuyg’ularga, estetik didga ega bo’lishi unda ijtimoiy borliqqa nisbatan
samimiy munosabatni shakllantiradi. Shu sababli bolalarda juda yoshlikdan ijobiy
his-tuyg’ularni tarbiyalash, ularning estetik didini o’stirish maqsadga muvofiqdir.
Ota-onalarning estetika bilimlaridan xabardor bo’lishlari ular tomonidan
farzandlarni ijobiy his-tuyg’ularga boy qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
14
Ўзбекистан миллий энциклопедияси. Шарқ – Қизилқум / 10-жилд. Таҳрир ҳайъати А.Азизхўжаев ва б.
– Тошкент: “Ўзбекистан миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2005. – 283-бет.
15
Ўша манба. – 278-бет.
16
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Шукрона – Ҳ / 5 жилдли. Бешинчи жилд. А.Мадвалиев таҳрири остида.
Таҳрир ҳайъати: Э. Бегматов ва б. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий
нашриёти, 2008. – 61-бет.
17
Ўзбекистан миллий энциклопедияси. Шарқ – Қизилқум / 10-жилд. Таҳрир ҳайъати А.Азизхўжаев ва б.
– Тошкент: “Ўзбекистан миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2005. – 269-бет.

17
Binobarin, shaxsning ijobiy his-tuyg’ularga ega bo’lmasligi, ularda ijtimoiy


borliqqa, hatto o’z oilasiga nisbatan befarqlikni, e’tiborsizlikni qaror toptiradi.
Borliqqa nisbatan befarq, e’tiborsiz shaxsda xudbinlik sifatlari shakllanadi. Bunday
shaxsning hayotiy maqsadi –hech bir ijtimoiy majburiyatlarni zimmaga olmagan
holda faqat o’zi uchun yashash, o’z ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Bu esa
insonning ijtimoiy maqomiga ziyon etkazadi. Zero, har bir shaxs shaxslararo
munosabatlar jarayonida shakllanadi, ularning ta’sirida muayyan ijtimoiy ong va
madaniyatga ega bo’ladi. Jamiyat, oilasi uchun qayg’urmaydigan shaxs ijtimoiy
nuqtai nazardan hech bir qiymatga ega bo’lmaydi. Ota-onalarning vazifasi esa
farzandlarni jamiyat, oilasi uchun kerakli, ularning manfaatlari uchun kurashadigan
faol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. “Estetika asoslari” fani ota-
onalarning pedagogik bilimlarini, hayotiy tajribalarini shu nuqtai nazardan
boyitishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin