Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
“Iqtisodiyot asoslari” – iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlarni samarali
tashkil etish, shuningdek, oila xo’jaligini oqilona yuritish shartlari, qonuniyatlari,
ustuvor tamoyillarini o’rganuvchi fan. Fan asoslarining puxta bilishi ota-onalarga
oila
iqtisodiyotini
samarali
boshqarish,
oila
byudjetini
muvaffaqiyatli
shakllantirish, uni to’g’ri taqsimlash bilan birga farzandlarni tejamkorlikka
o’rgatishga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, farzandlarni
yoshlikdan oila xo’jaligini tashkil etish va boshqarishga o’rgatib borish o’ziga xos
ahamiyat kasb etadi. Farzandlarni yoshlikdan tejamkorlikka o’rgatib borish ularni
mustaqil oilaviy hayotga muvaffaqiyatli tayyorlashga ham yordam beradi. Oila
a’zolari o’rtasida mehnat taqsimotining to’g’ri yo’lga qo’yilishi, oilaviy
munosabatlarning o’zaro yordam, hamjihatlilikka asoslanishi esa farzandlarni
mehnatsevarlikka, oqibatga, tartib-intizomga, o’zgalar mehnatini qadrlashga,
mehnat mahsuli bo’lgan ne’matlarni isrof qilmaslikka o’rgatadi. Bu esa oila
tarbiyasini samarali tashkil etishda nihoyatda muhimdir.
Oila pedagogikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Oila pedagogikasi fani rivoji
oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasidagi muammolarni tadqiq etish
maqsadida olib boriladigan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari
hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi
shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik
shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini anglash
ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning
sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy
izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiya jarayonida
maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul va ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni
tanlay olish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya masalalariga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab,
muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq
maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi
uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;
4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;
19
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh,
psixologik
va
shaxsiy
xususiyatlari,
shuningdek,
shaxs
rivojlanishi
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o’tish;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
Zamonaviy sharoitda oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda quyidagi
ilmiy-pedagogik metodlardan foydalanilmoqda:
Quyidagi mazkur metodlarning oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishdagi
o’rni va roli xususida so’z yuritiladi.