Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
1-bosqich. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy
tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin-qizlarni,
ota-onalarni jalb qilib, “Yosh onalar va otalar maktablari” faoliyatini yo’lga
qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
2-bosqich. Farzandning maktabgacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va
ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon
qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq aytish va raqs tushish, turli
o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim
olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari,
“Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish.
3-bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy,
ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy
imkoniyatlarini aniqlash, o’z xatgi-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash,
bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda
bo’lib, do’stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
4-bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va akl
zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat
bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish,
o’smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish,
o’z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik
tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga
keltirish.
5-bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim
olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliqlarini ta’minlash. Ularning
imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan
ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan,
Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini
to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
O’zbekistonda sog’lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta’lim muassasasi
hamkorligini ta’minlash samaralarining garovidir. Bu borada hukumat tomonidan
amalga oshirilayotgan ustivor yo’nalishlar quyidagilardan iboratdir:
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashning
huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan
uslubiy ta’minotni mustahkamlash;
- oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’quvchi yoshlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni
qo’llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo’yicha kasbga yo’naltirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va
ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
134
- voyaga etmagan o’smirlar va yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik va
nazoratsizlikning oldini olish bo’yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini
oshirish;
- yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni
jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga keng
jalb etish orqali sog’lom oilaga tayyorlash;
- barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning
samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish;
- sog’lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalanish.