Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilalarga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə99/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Oilalarga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam. Alohida ijtimoiy
institut sifatida oila o’zining tarbiya uslubi, tajribasiga ega. Biroq, bugungidek,

136
tezkor davrda ota-onalarning barchasi ham etarli darajada pedagogik bilimlarga


ega emaslar. Bu esa o’z-o’zidan ta’lim muassasalari tomonidan oilalarga ijtimoiy-
pedagogik yordam ko’rsatilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy-pedagogik jihatdan oilalarga ko’rsatiladigan yordam uch asosiy
xususiyatga ega bo’ladi. Ya’ni: 1) ta’limiy – ta’lim berish va tarbiyalash; 2)
psixologik – ruhiy jihatdan qo’llab quvvatlash, ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish
va qayta tiklash; 3) vositachilik – tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga keluvchi
muammolarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali bola xulq-
atvoridagi og’ishlarni yoki fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zarur
axborotlar bilan ta’minlash.
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatishning dastlabki bosqichida
ijtimoiy-pedagog tomonidan “Oila xaritasi”ning shakllantirilishi jarayon
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. “Oila xaritasi” shartli ravishda ikki qismga ajratiladi.
Ya’ni:
1) asosiy qism – unda oilaning har bir a’zosining tavsifi, tug’ilgan sanasi, oila
maqomi, yashash sharoitlari, qo’shnichilik, oilaning diniy va milliy mansubligi
to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi;
2) ilova – unda oilada bola tarbiyasini tashkil etish jarayonining mohiyati (ota-
onalarning bola tarbiyasi uchun ajratayotgan vaqtlari, uning shakllari, bu
jarayondagi faoliyatlari, farzandlar shaxsini yorituvchi (masalan: bolaning
qiziqishlari, xohish-istaklari, intilishlari, do’stlari, salomatligi holati va boshqalar
to’g’risidagi) ma’lumotlar yoritiladi.
Ota-onalar tomonidan qo’yilayotgan talablarning aksariyati bolalarning yosh,
psixologik va shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq kelmaydi. Natijada talablar garchi
ijobiy mazmunga ega bo’lsa-da, o’z natijalarini bermaydi. Aksincha, bolalarda
ularga nisbatan jiddiy norozilikni keltirib chiqaradi.
Ba’zan o’smir axborot ko’lamining kengligi, tashqi g’oyaviy ta’sirlar tufayli
muayyan vaziyatlarda qat’iy qarorlar qabul qilishga qiynaladi. Kuzatishlar umumiy
o’rta ta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
aksariyat holatlarda bolalarning mavjud ehtiyojlariga javob bermayotganligini
ko’rsatadi. Ayrim tadbirlar tarbiyaviy tadbirlar rejasining bajarilishi uchungina
tashkil etilayotgan bo’lib, o’quvchilarning xohish-istaklari, qiziqishlari hamda
hayotiy intilishlarini inobatga olish asosida uyushtirilmaydi. Shuningdek, oilada
ham muayyan vaziyatlarda ota-onalarning noto’g’ri yo’l tutishlari, o’z istaklarini
bolalarning ehtiyojlaridan ustun qo’yishlari tufayli ichki ziddiyatlar yuzaga
kelmoqda. Natijada ular hech qanday tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lmayapti.
Mavjud maishiy qulayliklar, texnika taraqqiyotining tezkor rivoji zamonaviy
shaxs ehtiyojlari ko’lamining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Bugungi kunda
yoshlar hayotida ommaviy axborot vositalari etakchi o’rin egallagan bo’lib,
endilikda pand-nasihatlar yordamida ularning axborot vositalari ta’siridan xalos
etish mumkin emas. Shu bois oilaviy tarbiyani tashkil etish jarayonida zamonaviy
yondashuvlarni ham qaror toptirishga erishish – pedagogik jihatdan eng to’g’ri yo’l
sanaladi.
Zamonaviy yoshlarda mustaqil rivojlanishiga bo’lgan intilish kuchli. O’z-o’zini
tarbiyalash ko’p hollarda ijtimoiy tarbiyadan ilgarilab ketishga imkon yaratadi

137
hamda pedagogik faoliyatni yo’lga qo’yayotgan sub’ektlarga ma’lum vaziyatda


qanday yo’l tutish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda qiyinchiliklar yuzaga
keladi. Natijada tarbiya jarayonining mantiqi buziladi. Talablarning bolalar yoshi,
psixologik xususiyatlari hamda shaxsiy imkoniyatlariga mos kelishiga erishish
ma’lum pedagogik masalalarning eng maqbul echimlarini topishga imkon beradi.
Ota-onalar bolalarning kundalik faoliyatini tashkil etar ekan, o’z ko’rsatmalari
bilan ularning ayrim xatti-harakatlarini rag’batlantiradi. Ularga nisbatan ayrim
mulohazalarini bildiradilar, tanbeh beradilar yoki qo’llab-quvvatlaydilar. Odatda
ota-onalar tomonidan bildirilayotgan ayrim ko’rsatmalar qisqa, asosli bo’lib,
qisman bolalarni majbur qilishga yo’naltirilsa, boshqalari vaziyatlar mohiyatini
batafsil tushuntirish, ushbu jarayonlarda harakatlanish yo’nalishini tushuntirishga
xizmat qiluvchi yo’l-yo’riqlar ko’rinishida bo’ladi.
Talablarning bir guruhi bolalarni muayyan faoliyatga jalb qilish zarurati tufayli,
boshqa guruhi esa bolalarni ma’lum faoliyatni tashkil etish ko’nikma va
malakalarini o’zlashtirishga yo’naltirish ehtiyoji asosida qo’yiladi; yana bir guruhii
bolalar tomonidan tashkil etilayotgan o’rinsiz va noto’g’ri harakatlarni to’xtatishga
xizmat qilsa, to’rtinchi guruhga kiruvchi talablar bolalarning muvaffaqiyatli
faoliyatlarini rag’batlantirish, ularni qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Ota-ona
tomonidan berilgan barcha tushuntirish, ko’rsatma, mulohaza va tanbehlar
pedagogik ta’sir ko’rsatishning ana shu eng muhim metodi bo’lgan talabning turli
shakllari hisoblanadi. Shu bois ota-onalar talabchan bo’lmasa bolalarning o’quv va
ijtimoiy-foydali faoliyatini samarali tashkil etishni tasavvur etib bo’lmaydi.
Tajribali ota-onalarning faoliyati kuzatilganda ularning o’z farzandlariga keng
ko’lamli harakat dasturini tavsiya etishlari ma’lum bo’ldi. Talab metodi mazkur
dastur talablarini bolalarning xatti-harakatlarida namoyon bo’lishi uchun yordam
beradi. Ularning yana bir yutuqlari shundaki, farzandlarining har biri qachon va
qanday faoliyat bilan shug’ullanayotganliklaridan doimo xabardor bo’ladilar.
Talablar bola hayotining boshlang’ich davrida, ayniqsa, muhim rol o’ynaydi.
Binobarin ushbu bosqichda oilaviy munosabatlarning mazmuni, yo’nalishi,
ma’naviy-axloqiy darajasi, bolalar tomonidan u yoki bu harakatlarning bajarilish
holati, ota-onalar hamda farzandlar o’rtasidagi munosabatlar mohiyati ota-onalarning
talabchanliklariga ko’p jihatdan bog’liq.
Faol ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga rag’batlantirish, kelajakka bo’lgan
ishonchni qaror toptirish bolalarda o’z oldilariga to’g’ri hayotiy maqsadlarni qo’ya
olish ko’nikmalarini shakllantiradi. Mazkur jarayonda talab bolalarning yosh,
psixologik va shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olish asosida qo’yilishi pedagogik
jihatdan to’g’ri hisoblanadi. Oqilona maqsad bolalarning shaxsiy ehtiyojlarini
qondirishga imkon berish bilan birga, ularning qiziqishlari darajasini oshiradi.
Yoshlarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish va ularni boyitish, ular tomonidan
o’zi hamda jamiyat uchun foydali xatti-harakatlarning tashkil etilishiga erishish
maqsadida qo’shimcha rag’batlantirish, shuningdek, ularni zararli odatlardan xoli
qilish maqsadida izza qilish metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur
metod o’ziga xos xususiyatga egaligi bois ularni qo’llash jarayonida ota-onalardan
alohida ehtiyotkorlik va pedagogik mahorat talab qilinadi.

138
Jamoatchilik fikri (oddiy munosabatlar jarayonida “ko’pchilik (boshqalar)ning


fikri” tarzida qo’llaniladi) o’zbek mahallalari, qishloq, shaharlarida qadimdan
ijtimoiy tarbiyaning ta’sirchan metodi bo’lib kelgan. U asosida jamiyat
a’zolarining umum tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amal
qilish holati tahlil qilib borilgan, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnat (hashar,
saxovat va hokazolar) har tomonlama va muntazam rag’batlantirilib borilgan.
Ushbu metod oila muhitida ham tarbiyaviy masalalarni to’liq amalga oshirishga
yordam beradi. Ya’ni, bolalarning ijtimoiy faolligi hamda shaxsiy kamolotini
ta’minlashga yordam beradi.
Biroq sobiq Ittifoq davrida tarbiya tizimida ustuvor o’rin tutgan «yagona sovet
xalqini shakllantirish» g’oyasi, yoshlarni nomilliy ruhda tarbiyalash borasidagi
qarashning asorati bugungi kunda ham sezilib turadi. Quyidagi misol fikrimizning
yorqin dalilidir:
“Bugun bir mudhish voqeani eshitdim. Qarshida bir yigit 81 yoshga kirgan
otasining boshiga tayoq bilan urib o’ldirib qo’yibdi. Buni qanday qilib tushuntirish
mumkin? Islom ruhida, o’zbekchilik ruhida tarbiyalangan odamlar, o’zbek
udumlari asosida tarbiya topgan odam shunday ish qilishi mumkinmi? Men buni
tushuntirolmayman, nima bilan izohlashni ham bilmayman. Otasi ming yomon,
yaramas, badbaxt odam bo’lsin, lekin farzandi unga tik qarashga, qo’l ko’tarishga
haqli emas”
101
.
Ota-onalar tomonidan oila tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar
mohiyati xususida alohida-alohida to’xtalishdan oldin ularni muvaffaqiyatli
qo’llashning umumiy qoidalari borasida so’z yuritib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Oila tarbiyasi metodlaridan samarali foydalanishning zarur sharti – oila
muhitida ota-onalar va bolalar o’rtasidagi psixologik, shu jumladan, fikriy
birlikning qaror topishiga erishish sanaladi.
Ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning oila tarbiyasining
mohiyati nimada? Bu savolga oila tarbiyasining boshqa tarbiyaviy yo’nalishlardan
asosiy farqi – bolaga shaxs sifatida munosabatda bo’lish, uning kamolotiga
nisbatan millay xususiyatlarni yorituvchi talablar qo’yishda deya javob berish
mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin