Nazorat savollari: 1. Oila, mahalla va maktab hamkorligi kontseptsiyasining maqsadi nimadan
iborat?
2. Oila, mahalla va maktab hamkorligida qanday tamoyillar asosida yo’lga
qo’yiladi?
3. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligiga erishish
qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
4. Oila, mahalla va maktab hamkorligi qanday mexanizmga asoslanadi?
5. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida qanday
tadbirlar uyushtiriladi?
101
Ғофуров И. Ўзбекистон қиёфаси: мозийга назар, муҳокама, мушоҳада. Давра суҳбати / Миллий тикланиш
газетаси, 1996 йил, 6 март.
139
6. Oilalarga qanday ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar: 1. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi Kontseptsiyasi. – Toshkent: RTM, 1993.
2. Inomova M.O. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. –Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU, 1999.
3. Munavvarov A.Q. Oila pedagogikasi. – Toshkent: O’qituvchi, 1994.
4. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. –
Toshkent: O’qituvchi, 1996.
5. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv
qo’ll. – Toshkent: O’qituvchi, 1999.
6. To’raeva O. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. – Toshkent: O’qituvchi, 1990.
Amaliy topshiriqlar: 1. Quyida berilgan matnlar yordamida yoshlarni tarbiyalash borasidagi
pedagogik hamkorligi negizida oila, mahalla va maktabning vazifalari bilan
tanishib chiqing. Har bir sub’ektning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik
hamkorligi negizidagi vazifalarini ifodalovchi tezislarni tayyorlang.
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi mohiyatini aks
ettiruvchi klasterni yarating.
Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Oila, mahalla va maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik
hamkorligi negizidagi vazifalarini ifodalovchi tezislarni tayyorlashda talabalar
guruhlarda ishlaydilar. Bunda uchta katta guruhni shakllantirish maqsadga
muvofiqdir. O’qituvchi har bir guruhga alohida-alohida topshiriq beradi.
Topshiriqlarning quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiqdir: