TAYaNCh TUShUNChALARNING LUG’AVIY MAZMUNI
Adaptatsiya - insonning ijtimoiy muhit bilan faol o’zaro munosabatda bo’lish
va uning potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash
ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anamnez - ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor,
pedagog yoki psixolog tomonidan bola haqida ma’lumot olish. Anamnez
to’planayotganda bolaning irsiyligi, boshdan kechirgan kasalliklari, nutq, o’yin
faoliyati rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishning umumiy normalaridan
og’ish.
Anormal bolalar - normal ruhiy va jismoniy rivojlanishda buzilishlar bo’lgan
bolalar. Ularni engib o’tish uchun maxsus metodlar talab qilinadi.
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat
tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari,
mezonlari yig’indisi.
158
Axloqiy ong – shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy
faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalq)– o’zga millat
va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: |