Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) etkazib
berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy
bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur
shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi
nazariya, ta’limot.
Deviant xulq atvor - ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-
atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”) - o’rnatilgan normalarni buzuvchi va
huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.
Dinamik steriotip - bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson
xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning
odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
Etim bolalar - 18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot
etgan bolalar.
Etimlik- jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan
izohlanadigan ijtimoiy hodisa.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish
usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo
(kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida
tashkil topgan guruh.
Jinsiy tarbiya - o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va
ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli
bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish,
ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Jinoyat - delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan
qo’riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli xatti-harakat.