Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə106/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Jinoiy xulq-atvor - jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga etganda jinoiy ish
qo’zg’atishga asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimoiylashuv - insonning butun hayoti mobaynida o’z-o’zini o’zgartirish va
rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni.

160
Insoniylik - bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g’ururi va erkinligini


himoyalash bilan xarakterlanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlarni
baholashning asosiy me’yori deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Infantilizm - organizmning ruhiy rivojlanishidagi to’xtab qolish bo’lib, bolalik
davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan xarakterlanadi.
Inqiroz - shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan
hayotiy faoliyatining to’xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptatsiya,
o’z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ishontirish - mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsional ta’sir. Uning
mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning
muvaffaqiyali bo’lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi
so’zlar tushunarli bo’lishi kerak. Ishontirish individual tajribaga qaratilishi lozim.
Ichki ishonch - axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat,
xulq-atvorni o’zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontirishning samaradorligi
ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek
ular o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq.
Iqtidorlilik - bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda
ancha ilgarilab ketishi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Katamnez - davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan
ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan bolalarning mehnat hayoti, ta’limi
to’g’risida davriy ma’lumot to’plash.
Kommunikativlik - shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo’lish, bolani
tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot
to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va
noverbal xulq-atvorini kuzatish.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin