Shaxsning hayot tarzi - maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat
turlari va hayot yo’llari tizimi.
Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi - bu insonning o’z hayotiy faoliyatining
sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va
maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon
bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgan sari u o’z shakllarini
o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi
sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga
aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi
o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya- alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan
oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.
Homiylik - voyaga etmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va
mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda
ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Xuquqbuzarlik - biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat.
Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan
foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Fuqaro– fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a’zosi bo’lgan shaxs.
Fuqarolik– huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv,
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga
mansublik.