Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə112/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Individuallik - shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va
qoidaga ko’ra oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi,
yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.

164
Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy


faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy
boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va
hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim - o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini
shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik,
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Sotsium - insonning ijtimoiy atrof-muhiti, hamjamiyati.
Submadaniyat - muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi
ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi. 
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - ota-ona va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik
jarayoni.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin