Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə115/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali
o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq,
Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.

166
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor


me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Emotsional zararlanish - bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir
ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya).
Empatiya - dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi
tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul
qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish
borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning
mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini
tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik
jarayon.
Ekologik ta’lim - o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy
jarayon.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin