O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati,
xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf
etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini qayta tarbiyalash– shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi
zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati
jarayoni.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya – ota-onalar tomonidan dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham,
qisqa va izchil bayon qilinishi.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi
hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa
sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish,
unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Huquqiy ta’lim - o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda
huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni
shakllantirish jarayoni.
Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli
yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish,
ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy
munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy
xatti–harakatlar majmui.