Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə108/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari - muayyan mashq
yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta
tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga
odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim,
hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui– mohiyatiga ko’ra
ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui.
Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani
takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni
targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi
ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki
kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat
jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
“Men” kontseptsiyasi - insonning o’zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrosotsium - o’z tarkibiga oila, qo’shnichilik, tengdoshlar guruhlari, turli
ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan
hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir
ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan
bahs-munozara usuli.
Nazoratsizlik - bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo’sh vaqtlarini qanday
o’tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg’urmaslik.

162


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin