Talabalar laboratoriya ishlarini bajarishga texnika va yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalarini oʻqib oʻzlashtirganlari, hamda maxsus jurnalda roʻyxatga olinganlaridan soʻng qoʻyiladi.
Texnika va yonqinga qarshi xavfsizlik qoidalari talablarini bajarishga talabalar shaxsan javobgardilar. Laboratoriyada ishlaganda ular asosiy eʼtiborni quyidagi talab va tavsiyalarga qaratishlari kerak:
Laboratoriya ishlarini bajarishni faqat uslubiy qoʻllanmalar asosida amalga oshirish kerak. Qoʻllanmadan chetlashish faqat oʻqituvchi ruhsati bilan boʻlishi mumkin.
Ishni bajarishda talabalar faqat himoyalovchi ustki kiyimlari-xalatlari boʻlsagina qoʻyiladilar.
Kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda ularning qoʻlga toʻkilishligiga yoʻl qoʻymaslik, qoʻllarni koʻzlarga va yuzga tekkizmaslik kerak.
Kimyoviy moddalarni taʼmini koʻrishlik man etiladi; moddalarni hidini ularning bugʻlarini yoki gazlarini qoʻl bilan yel’ib turib, oʻziga yoʻnaltirib, chuqur nafas olmay hidlash mumkin. Ishdan soʻng qoʻllarni tozalab yuvish kerak. Laboratoriyada ovqatlanish man etiladi.
Laboratoriyada faqat etiketkali kimyoviy idishda turgan, nomi maʼlum kerakli reaktivlardan foydalanish kerak.
Ishqor va kislotalar, hamda boshqa oʻyuvchi va zaharli suyuqliklar hajmini faqat oʻlchash silindri, avtomatik рiрetka yoki mahsus rezinali рiрetkalarda oʻlchashga ruhsat beriladi.
Suyuqlik quyilayotgan, qizdirilayotgan yoki qaynayotgan idishga yaqin engashib qarashlik man etiladi, chunki suyuqlikni sachragan tomchilari yuzga yoki koʻzlarga tegishi mumkin. Suyuqlikni zich yo’ilgan idishda qaynatish man qilinadi.
Yengil uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan, kislotali, ammiakli, eritmalarni qaynatish va bugʻlatish ishlari, dietil efiri va boshqa erituvchilar bilan ishlash, tahlil qilinayotgan moddalarni yondirish ishlarini faqat yoqilgan aktiv ventilyatsiya shkafida (tyaga ostida) bajarishga ruhsat beriladi.
Yengil yonuvchan moddalar (dietil efir, atseton, sрirt va boshqa erituvchilar) bilan ochiq elektr isitish jihozlari yaqinida ishlash man qilinadi.
Tigellarni mufel shkafidan olishda (mufel shkafida temрeratura 600-700 oS) mahsus qisqich, tutqichlaridan foydalanish kerak; tigellarni sovutish uchun issiqqa va olovga chidamli mahsus joyga quyish kerak. Eksikatorga tigellar faqat sovutilgandan soʻng joylanadi.
Issiq suyuqlik solingan kolba va stakanni olib yurganda nihoyatda extiyot boʻlish kerak.
Laboratoriyada asosan tik turib ishlash kerak; faqat yonqin, sachrash va ‘ortlash xavfi boʻlmaganda oʻtirib ishlash mumkin. Laboratoriyada yolgʻiz bir kishi ishlashi man etiladi.
Elektr jixozlar bilan ishlaganda, shu jihoz bilan ishlashning barcha qoidalariga qatʼiy amal qilish kerak. Elektr tarmogʻiga ulangan uskunani qoʻzgʻatish yoki taʼmirlash man etiladi.
Yoqilib, ishlab turgan jixozlarni nazoratsiz qoldirish qatʼiyan man qilinadi.
Oʻta xavfli ishlar bajarilganda (yonish, ‘ortlash, issiq va agressiv suyuqliklarni sachrash xavfi boʻlsa) organik shishadan yasalgan himoyalovchi toʻsqich, koʻzoynak yoki himoyalovchi ekran tutish zarur.
Gazli gorelkalar bilan ishlaganda, gazning toʻliq yonishi va xonaning gazlanmasligini nazorat qilish zarur.
Shisha idishlar bilan ishlaganda shishali qismi boʻlgan qurilma va jixozlarni yiqish va ajratishda quyidagi extiyotkorlik choralariga amal qilish kerak:
- shisha naychalarni рoʻkak tiqinlarga yoki rezinali naychalarga oʻrnatishdan oldin ularni suvli glitseringa yoki vazelin moyiga botirib olish kerak. Bunda shisha idish sochiq bilan oʻrab ushlanishi kerak.
- shisha kolbani tiqin bilan yo’ayotganda kolba boʻynining eng yuqori qismidan, tiqinga yaqinroq ushlash zarur. Bunda kolba sochiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
18. Erituvchilar, konsentrlangan kislotalar va ishqorlar hamda boshqa oʻyuvchi suyuqliklar qoldiqlarini kanalizatsiyaga faqat mahsus qayta ishlashdan soʻng (neytrallash, haydash, zararlantirish) toʻkish mumkin.
19. Agar yonuvchi suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalansa, elektr isitish jihozlarini oʻchirib, yengil yonuvchi suyuqliklar turgan idishlarni olovdan uzoqroqqa olib, yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrish kerak.
20. Laboratoriyada tartib va tozalikni saqlash zarur. Ish tugagach elektr jihozlar va elektr tarmoqi oʻchirilishi shart. Iflos laboratoriya idishlari yuvilib, ish joyi tozalanib, qoʻllar sovunlab yuvilib, suv krani yo’ilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |