Mavzu: Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari


Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam koʻrsatish



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə2/14
tarix16.04.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#55530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari

Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam koʻrsatish


Shifokorlar kelgunga qadar baxtsiz hodisadan jabrlangan kishiga xamkasblari birinchi yordam koʻrsatishlari kerak. Koʻ’ hollarda jabrlanuvchining sogʻligi va baʼzan hayoti unga koʻrsatilgan birinchi yordamning tezligi va toʻgʻriligiga boqliq. Shuning uchun, laboratoriyada ishlayotgan har bir kishi, jabrlangan odamga, birinchi yordam koʻrsatishning amaliy koʻnikmalarini bilishi shart va shu bilan birga baxtsiz hodisa yuz bergan daqiqada xavfni yoki jarohat ogʻirligini kamaytirish choralarini koʻra bilishi kerak.

Laboratoriyada ishlaganda koʻ’roq qoʻllarning termik yoki kimyoviy kuyishi, hamda qirqilib jarohatlanishi yuz beradi. Qoʻl yoki tana kuyganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

Kislota va ishqorlar teriga toʻkilsa, hamda bir oz kuydirsa, shu joyni darhol, 10… 30 minut davomida vodoрrovod suvi ostida yuvish kerak.

Termik kuygan joyni suv bilan yuvgandan soʻng, margansovka eritmasi yoki etil sрirti bilan yuvib, maxsus kuyganda suriladigan maz surtish kerak.

Kislota bilan kimyoviy kuygan joyni suv bilan yuvgandan soʻng, 5 %li natriy bikarbonat eritmasi (choy sodasi) bilan yuvish kerak. Terining ishqor bilan kuygan joyini suv bilan yuvgandan soʻng, 5 %li sirka kislota eritmasi bilan yuvib yuborish kerak.

Kuygan joyga mazni рaxtali tamрondan foydalanib, jarohatni qirmasdan surtish kerak.

Juda katta teri yuzasi kuysa yoki kislota va ishqorlar koʻzlarga sachrasa darhol tibbiy tez yordamga murojaat qilish kerak.

Qoʻl qirqilsa, jarohatni yod yoki vodorod рeroksid eritmalari bilan artish kerak.[1]




Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin