Ayting-chi, inson hayoti uchun nima eng muhim sanaladi: moddiylikmi yoki ma’naviyatmi?
Sizningcha, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi inson hayotining qaysi jabhalarida aks etadi?
Shaxsan sizning hayotingizda moddiylik va ma’naviyat qay darajada uyg‘unlasha olgan (1 balldan 10 ballgacha oraliqda baholang)?
Sizningcha inson ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lmasdan ham moddiy farovonlikka erishishi mumkinmi?
Ayrimlar “Kishi nafaqat oliy ma’lumot, balki to‘liq umumiy o‘rta ma’lumotga ham ega bo‘lmagan holda ham katta boylikka ega bo‘lish mumkin” deyishadi va bunga hayotiy misollarni keltirish mumkin. Masalan, yirik sarmoyador Genri Ford (6 yilgina maktab ta’limini olgan), mashxur kashfiyotchi Tomas Edison (uch oygina maktab ta’limini olgan). Sizningcha bu fikr asoslimi?
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida namoyon eta olmagan shaxs tomonidan topilgan boylik ezgulikka xizmat qilmaydi! Sizningcha, bu fikr qanchalik to‘gri?
Siz shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy borliqqa nisbatan yondashuvi, kiyinishi hamda atrofdagilar bilan munosabati uning ma’naviy-axloqiy dunyosi haqida yetarlicha ma’lumot bera oladi, deb hisoblaysizmi?
O‘ta bilimli, ziyoli shaxslarning ko‘pchiligini moddiy boylik u qadar qiziqtirmaydi. Bu holatni siz qanday baholaysiz?
200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining yechimini topganligi uchun (2008 yil) Sankt-Piterburglik Georgiy Perelman jahon matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni olishdan voz kechadi. Sizning fikringizcha uning bu harakatini “ma’naviy jasorat” deb baholash mumkinmi?
O‘zbek xalqi ongida “moddiy boylik” va “shaxs ma’naviyati” degan tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik bo‘lishi mumkin emas, degan tushuncha qaror topgan. Sizningcha, bu qaror to‘g‘rimi?
Totalitar tuzum davrida fuqarolar ongida “moddiy boylikka erishish kapitalistik tuzum sarqiti, axloqli shaxs boylikka ro‘ju qo‘ymaydi” degan munosabat qaror toptirilgan edi. Sizningcha mazkur munosabatni saqlab qolish kerakmi yoki o‘zgartirish lozimmi?
Tasavvur qiling, sizga juda katta miqdorda moddiy mablag‘ni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan ish taklif qilinmoqda. Biroq, bu ishning bajarilishi sizga foyda keltirsa-da, jamiyatga zarar yetkazishi mumkin. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?
Aniq hayotiy maqsadga ega shaxslarning ko‘pchiligi misli ko‘rilmagan darajada muvaffaqiyat va omadga erishganlar. Ayting-chi, Siz ham aniq hayotiy maqsadga egamisiz va u aynan nimaga yo‘naltirilgan?
Sizningcha, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga qay tarzda erishish mumkin?