Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Shaxs faoliyati yo‘nalishlarini aniqlash metodi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə22/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Shaxs faoliyati yo‘nalishlarini aniqlash metodi
Mazkur metod M.Rokich tomonidan asoslangan bo‘lib, shaxs faoliyati yo‘nalishlarini aniqlash, uning atrof-muhit va ijtimoiy qonuniyatlarga munosabati, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki, faoliyati, shuningdek, ijtimoiy faollik darajasini o‘rganishda foydalaniladi.

M.Rokich shaxs hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni ikki guruhga ajratadi, ya’ni:
1) Ifodali (atamali) qadriyatlar. Ushbu qadriyatlar negizida shaxs hayotida ustuvor o‘rin tutuvchi tamoyil, asosiy hayotiy maqsad, uni amalga oshirish yo‘lida olib borayotan harakatining to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonch aks etadi;
2) amaliy (harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlar. Mazkur qadriyatlar orqali shaxsning irodaviy sifatlari namoyon bo‘lib, ularning faoliyat samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati e’tirof etiladi.
Ushbu metoddan foydalanish tartibi quyidagicha: respondentlarga alohida ustunda berilgan ifodali (atamali) va aShhy-~-(harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlar ro‘yxati (qog‘ozda) taqdim etiladi. Ular ro‘yxat bilan tanishib chiqib, dastlab ifodali (atamali), keyin esa amaliy (harakatga yo‘naltiruvchi) qadriyatlarning shaxsiy hayot, turmush tarzi, hayotiy maqsad hamda faoliyatlariga qay darajada daxldor ekanligi, ahamiyat kasb etishiga ko‘ra o‘rinlarini belgilaydilar. Bunda har ikki guruhda berilgan qadriyatlar 1-, 2-, 3- va ... 20-o‘rin tarzida qayta tartiblanadi. Sinov jarayonida respondentlar o‘zlarini erkin tutishlari va erkin harakat qilishlari ta’minlanadi, ularga hech qanday maslahat berilmaydi va ularning shaxsiy yondoshuvlari tanqid qilinmaydi.
Pedagogik konsilium yoki ekspertlar metodi

Shaxsning ijtimoiy faolligi –ta’lim muassasasi, rayon, shahar va respublikadagi ijtimoiy-siyosiy soxalardagi hodisalarga munosabati, jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, jamoatchilik topshiriqlarini bajarishi, ta’lim muassasasi, fakultet, akademik guruh hayotidagi faoliyati.

Axloqiy tarbiyalanganlik -vatanparvarlik, baynalmilalchilik, insonparvarlik, ongli intizomlilik, mehnatsevarlik, beg‘arazlik, tejamkorlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarning shakllanganlik darajalari.
Ta’limga qadriyatli munosabat - yaxshi o‘qishga intilish, o‘qish jarayonidagi muvaffaqiyatlardan quvonish, mag‘lubiyadlarni bartaraf qilishga harakat qilish, o‘qituvchilarning barcha talab va tavsiyalarini vijdonan, sidqidildan bajarish, ta’limning ahamiyatini anglaganligi, o‘z fikrini aniq va lo‘nda bayon etishga harakat qilish, ma’lumotlar ichidan birinchi darajaligini ajrata bilish, ularni to‘g‘ri tahlil qilish va umumlashtirish.
Madaniy dunyoqarash - o‘quvchining turli soxalarga oid ma’lumotlarga ega ekanligi, madaniyat soxasidagi qiziqishlari soxasining kengligi, respublikada istiqomat qiluvchi o‘zga millatlarning madaniyati va urf-odatlariga nisbatan tolerantlik.
Asosiy qiziqish va moyilliklari - o‘quvchining biron-bir o‘quv predmetiga yoki kelajakdagi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulot turiga qiziqishi.
Aniq bir xislat (yoki xislatlar guruhi)ni diagnostika qilishda o‘quvchi shaxsida o‘rganilayotgan sifat va xususiyatlar shakllanganligining yanada aniqroq mezonlarini olish mumkin. Bu diagnostika natijalarini yanada yuqori darajada aniq hamda ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin