O‘zlashtirishi past o‘quvchilarni korreksiya qilish metodi.
Nomlanishi: “Buyurtmaga ko‘ra a’lochilar”
Metodi: xulq-atvorga ta’sir etish.
Maqsadi: bir bolaning yashirin intiluvchanligini rag‘batlantirish.
Jarayon: pedagog Rozentalning tadqiqot natijalari bilan tanishsak, bir kuni u sinfxonada testni eng yaxshi yechgan o‘quvchilarni e’lon qiladi. Shundan so‘ng bir necha haftadan keyin aynan shu o‘quvchilar yanada yaxshi o‘qishga harakat qilgan.
Darsda bir necha o‘quvchiga test berib, “sizlar eng yaxshi o‘quvchisizlar” deb ayting. Bu bilan ularning o‘zlariga va o‘qishiga bo‘lgan ishonchi ortadi. Qo‘rquvlarini bartaraf etishiga yordam beradi.Iltifotli bo‘ling va bolalar bo‘rttirmoqda deb tushunmasin.
Natijalar tahlili: o‘quvchining harakatlarini kuzating metodika ish bermasa, boshqa o‘quvchilarda sinab kо’ring albatta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy adaptatsiyani korreksiya qilish metodi
Nomlanishi: “Men va boshqalar”
Metodi: korreksion o‘yin.
Maqsadi: bola o‘zini boshqalar bilan taqqoslaganda qanday baho berayotganini tushunish. U boshqalarga qanday munosabatda bo‘lsa, boshqalar ham unga shunday munosabatda bo‘lishini tushuntirish.
Jarayon: o‘qituvchi doskaga savollarni javobi bilan namuna qilib ko‘rsadi. O‘quvchilar qog‘ozni vertikal ravishda ikkiga bo‘lib, chap uchiga “Men”, o‘ng uchiga “Boshqalar” sifatlarini yozishlari kerak. Masalan:
Men Boshqalar Rostgo‘ у Menga yordam bermaydi
Mehribon Qizg‘anchiq
Jasur Qo‘rqoq
Bolalardan faqat o‘zining sifatini yozish boshqalardan esa bunga javobni yozish talab etiladi.
Variattsiya: Tayyor sifatlarni aytish ham mumkin. Eng muhimi bolalar uni tushunsin va to‘g‘ri belgilasin. 3-4-sinf o‘quvchilari uchun “Menga qanday munosabatda”, “Nega menga yaxshi yoki yomon munosabatda”, “Menga boshqalar yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun men nima qilishim kerak?” kabi nomalarda berish ham mumkin.
Natijalar tahlili: muhimi o‘quvchilar qancha sifatni belgilab yozgani emas, balki “Men-boshqalar” o‘rtasidagi munosabatlaridagi farqlikdir.