Asosiy savollar: Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil etish: tushuntiruvchi suhbat metodikasi.
Tushuntiruvchi suhbat metodikasining xususiy tamoyillari.
6.1.Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil etish: tushuntiruvchi suhbat metodikasi Pedagogik korreksiyani o‘quvchilar bilan individual shaklda olib borishda asosan tushuntiruvchi suhbat metodikasidan samarali foydalanish mumkin. Chunki tushuntiruvchi suhbat metodikasi shaxs yo‘nalganligi, uning ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy va kasbiy sifatlariga baho berish va ularni korreksiya qilish imkonini beruvchi metodikalardan biri bo‘lib, oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil qilinishi o‘quvchining shaxsiy sifatlarini muvafaqqiyatli ijtimoiylashuviga qanchalik muvofiq ekanligini anglashiga, tanlagan hayotiy va kasbiy faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan qarorining qay darajada maqsadga muvofiq ekanligini mustaqil baholashiga, o‘zligini anglashiga hamda ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun eng samarali yo‘lni tanlashiga yordam beradi.
Pedagogik korreksiya jarayonida tushuntiruvchi suhbat oldindan rejalashtirilgan maqsad asosida erkin tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bunda muloqot ancha erkin vaziyatda o‘tkazilib, muammo yuzasidan o‘quvchiga yetarlicha aniq ma’lumot beriladi. Muammoning mohiyati, uning kelib chiqish sabablari, bu sabablarni bartaraf qilish (yechim) yo‘llari hamda har bir yechim yo‘lining o‘ziga yarasha afeallik va kamchilik tomonlari birgalikda baholanib hamda tahlil qilinib, ular ichidan maqsadga muvofig‘i (yoki muvofiqlari) tanlanadi.
Suhbat jarayonida pedagogda o‘quvchi shaxsining ichki dunyosiga kirib borish imkoniyati tug‘iladi. O‘quvchilar bilan individual shaklda ishlashda tushuntiruvchi suhbat metodikasidan foydalanishning afzallagi.
o‘ quvchining individual xususiyatlarini bilgan holda, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga olish imkonining mavjudligidadir. Buning uchun pedagogik korreksiya jarayoni ratsional psixoterapiya tamoyillari asosida olib borilishi kerak bo‘ladi, ya’ni:
o‘quvchida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarning yetarlicha shakllanmaganlik sabablarii aniqlash (ya’ni, muammo nimadan iboratligi aniqlanadi);
o‘quvchida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarni shakllantirishning mavjud bo‘lgan yechim yo‘llarini aniqlash (muammoning ratsional yechim yo‘llari);
har bir yechim yo‘lining afzallik va kamchiliklari baholash va ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarni shakllantirishga mavjud ehtiyoj va imkoniyatlariga maksimal darajada to‘ g‘ri keladigan yechim yo‘lini (yoki yo‘llarini) tanlash;
o‘quvchida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarni shakllantirish rejasini tuzish va uni bajarishga kirishish.
Korreksiya jarayonida ratsional psixoterapiya tamoyillari o‘quvchi tomonidan ma’lumotlarni o‘zlashtirilishida, axloqiy, ijtimoiy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirilishida, ta’limiy qadriyatlar mazmunini chuqur anglashida va bu qadriyatlarni e’tiqodga aylantirilishida, shu bilan birgalikda mavjud muammolarning kelib chiqish (yoki kelib chiqqanlik) sabablarini tahlil qilib aniqlashda, ularni tuzatish yoki bartaraf qilish yo‘llarini belgilashda samarali qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarni shakllantirishda pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda uchta asosiy uslubni - qat’iy-ijobiy, passiv- ijobiy va noturg‘un munosabatlarni ajratib olish mumkin.
Qat’iy-ijobiy munosabat o‘quvchining boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik, o‘zaro faoliyat jarayonida esa mavjud kamchiliklarini bartaraf qilishda ishchanlik munosabatida bo‘lishi, xulq-atvorida hotirjam va vazmin ohangda muomala qilishi bilan ifodalanadi.
Munosabatning passiv-ijobiy uslubi suhbatdoshlarga nisbatan aniq ifodalanmagan ijobiy-emotsional ko‘rsatma bilan ta’riflanadi. Bunda, muomalaning natijasi sifatidagi sovuq va rasmiy ohangdagi muloqot mavjud bo‘lgan hollarda, o‘quvchi shaxsini o‘rganishda va uni korreksiya qilishda faqatgina talabchanlik va ish yuzasidan shakllantirilgan munosabatlar muvoffaqiyatni ta’minlashi mumkin.
Munosabatning noturg‘un usuli umumiy emotsional-ijobiy ko‘rinishdagi munosabatlar bilan ifodalagan bo‘lib, ushbu kategoriyaga mansub bo‘lgan o‘quvchining faoliyati - jamoada o‘zini tutishi, uning xulq-atvori ayni damda yuzaga kelgan holatga - kayfiyati va hissiyotlariga qilingan ta’siri bilan belgilanadi.
O‘quvchida ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik korreksiyani individual shaklda o‘tkazishda tushuntiruvchi suhbat metodining samaradorligi pedagog tomonidan o‘quvchini tinglash, unga beriladigan savol va olinadigan javoblarni tahlil qilish hamda baholash orqali ta’minlanadi.
Suhbat jarayonida o‘quvchi bilan birgalikda muammoning mazmuni - ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va (yoki) kasbiy zarur sifatlarning shaxsiy faoliyati samaradorligini oshirishdagi tutgan o‘rni, mazkur muammoning har bir yechim yo‘llari - ta’lim jarayoniga qadriyatli munosabat, ijtimoiy va kasbiy sifatlar hamda axloqiy fazilatlarning yuqori darajada shakllanishining shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati kabi masalalar chuqur o‘rganiladi.
Bu jarayonda pedagog uchun eng murakkab vazifalardan biri - o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlarini uning noverbal kommunikatsiya kanallari orqali olish mumkin bo‘lgan signallar yordamida diagnostika qilishidir. Ushbu vazifaning ijobiy hal qilinishi o‘qituvchiga tarbiyaviy tadbir jarayonida “aks aloqa”ni ta’minlanishiga, tarbiyaviy ta’sir natijasini baholab borishiga yordam beradi. O‘quvchi bilan individual shaklda olib borilgan pedagogik korreksiya jarayonida tushuntiruvchi suhbat metodikasidan foydalanilsa, mazkur jarayon quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin: bosqich. Suhbatdoshni tinglash. Shaxsni diagnostika qilishda ham, korreksiya qilishda ham uni tinglash muhim ahamiyatga ega. Pedagog bunda e’tiborni o‘z suhbatdoshi (o‘quvchisi)ning nafaqat so‘zlari va gaplariga, balki bu so‘zlar uning uchun qanday ma’no anglatishiga, jumlalarning mazmuniga, shu jumlalarni ifodalash jarayonida ichki xissiyotlarining tashqi namoyon bo‘lishini ham inobatga olishi lozim
O‘quvchi ayrim masalalar muxokamasini ma’lum muddatgacha - o‘zini yetarlicha darajada erkin xis qilmaguniga qadar - keyinga surib borishi mumkin. Muloqot jarayoniga to‘liq kirishishi bilan uning verbal kommunikatsiya kanali orqali berayotgan ma’lumotlari bilan birgalikda, undan noverbal kommunikatsiya kanallari orqali olinayotgan ma’lumotlar - mimika, pantomimika, tovush intonatsiyasi va modulyatsiyasi kabilarga ham e’tibor qaratilishi zarur bo‘ladi. bosqich.Suhbatdoshga savollar berish - o‘quvchi bilan suhbat jarayonida mavjud muammoga bog‘liq bo‘lgan nospetsifik ma’lumotlar yig‘iladi. Ushbu bosqichda o‘quvchiga quyidagi mazmundagi savollarni berish mumkin: “Moddiy manfaat nima”, “Ma’naviy ehtiyojlar to‘ g‘risida nimalarni bilasiz”, “Inson kamolotida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni qanday”, “Siz o‘zingizda qaysi illatlarni bartaraf etishni istagan bo‘lardingiz”
bosqich. Suhbatdoshni baholash. Shaxsning umumiy psixologik holatini aniqlashda, quyidagi vaziyatlarga e’tibor berish kerak: O‘quvchining tashqi ko‘rinishi va xulqi. Ko‘pchilik birinchi uchrashuvda yaxshi taassurot qoldirish maqsadida o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishi, ish yuzasidan turli takliflar kiritishi mumkin bo‘lib, ularni amalga oshirishga kelganda o‘zini chetga olishga harakat qiladi;
Kayfiyat va affekt. Jamoat ishlarini tashkil qilishda passivlik o‘quvchida bilish va ijtimoiy faollik yetarlicha shakllanmaganligidan dalolat beradi;
Nutq. Shaxsning psixologik holati to‘g‘risidagi diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni uning tovushi modulyatsiyasi, nutqining tempi (tezligi) va mazmunini diqqat bilan kuzatish va tanlash orqali olish mumkin.
Tafakkur. Bilish faolligi, tafakkurning kreativligi shaxsning fikrlash jarayoni hamda o‘z fikrini qay darajada aniq ifodalashi bilan belgilanadi.
Intellektual flinksiyalar. Shaxsning intellektual sohalarida hamda diqqat va xotira funksiyalarida o‘zgarishlarning ro‘y berishi organik xarakterdagi buzilish holatlaridan dalolat berib asab tizimining kuchi va o‘z-o‘zini iroda qilish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. bosqich. Ma’lumot berish. O‘quvchiga undagi mavjud bo‘lgan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarning shakllanganlik holati, ushbu xislatlarning mazmuni va mohiyati, shaxs kamolotiga ta’siri hamda ularni pedagogik korreksiya imkoniyatlaridan foydalangan holda shakllantirish yo‘llari va vositalari to‘ g‘risida ma’lumot beriladi. Chunki shaxs o‘zidagi mavjud muammo va bu muammoning mazmuni to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘nggina korreksiya amalga oshirilishi mumkin.
Ijtimoiy kommunikatsiyaga oid adabiyotlarda muloqot texnikasining verbal komponentlari bilan bir qatorda noverbal komponentlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish shaxslararo munosabatlarni samarali o‘rnatish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish imkonini beradi11. Shu sababli pedagogik korreksiyada tushuntiruvchi suhbat metodikasidan foydalanilganida o‘quvchining mimikasi, pantomimikasi, nafas olishi, nutq tempi va tovush modulyatsiyalariga pedagogning moslashib olishi (rapport) so‘z bilan qilinadigan ta’sirni kuchaytiradi. Bunda, tushuntiruvchi suhbat metodikasining eng asosiy ustunligi - tarbiyaviy ta’sir obyektining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda undagi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish mumkinligidadir.
Tushuntiruvchi suhbat jarayonida o‘quvchi shaxsida bo‘ladigan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatish orqali korreksiya uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xarakterologik xususiyatlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin. Bu ma’lumotlardan o‘rinli foydalanish korreksiyaning samaradorligini sezilarli darajada oshirish bilan bir qatorda, pedagogik va psixologik testlar yordamida shaxsning xarakterologik xususiyatlariga oid bo‘lgan diagnostik ma’lumotlari bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. Buning uchun o‘tkaziladigan suhbat rejasi kutiladigan natijalarini baholash usullari hamda suhbat natijasi yuzasidan qilinishi mumkin bo‘lgan xulosalarni mujassamlashtirib, o‘quvchining individual va xarakterologik xususiyatlarini hisobga olgan tarzda tuzilishi kerak.
O‘quvchilarni individual shaklda korreksiya qilishda tushuntiruvchi suhbat metodikasidan foydalanilganda mash g‘ulotlarni tashkil qilish va ularni olib borishda pedagog quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
o‘quvchi muammoning mohiyati va yechim yo‘llari yuzasidan o‘z fikrini bildirishiga erishish;
o‘quvchi fikrini qunt bilan tinglash, uning javobini to‘ldirish, tuzatish, oydinlashtirishiga yordam berish;
o‘quvchilarning javobi qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’iy nazar, faqatgina suhbat ohirida izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi.