Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə17/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Erkin suhbat. Bunday suhbat savollari oldindan rejalashtirilmaydi. Muloqot ancha erkin vaziyatda o‘tkazilib, mo‘ljaldagiga qaraganda ko‘proq ma’lumot olish imkoni tug‘iladi. Biroq, bunda olingan ma’lumotlarga ishlov berish birmuncha qiyinlashadi. Pedagog Suhbatni kerakli tomonga yo‘naltira olishi, suhbatdoshining ruhiy holatigi qarab, suhbat ohangi va yo‘nalishini o‘zgartirishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Pedagogik diagnostikada Suhbat metodidan foydalanish uchun bo‘lajak suhhbatni rejalashtirish va bunda quyidagi shartlarning bajarilishiga e’tibor qaratilishi muhim hisoblanadi:
  • suhbat uchun oldindan savollar ro‘yxatini tuzish;


  • suhbat o‘tkazish vaqti va joyini oldindan belgilash;


  • suhbat ishtirokchilarining soni va kasblari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;


  • erkin suhbatlashish uchun qulay sharoit yaratish;


  • maxmadona va bachkana bo‘lmaslik;


  • respondentning harakterologik xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbat olib borish;


  • suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va lozim bo‘lsa qo‘shimchalar kiritish.




Suhbat natijasini baholash mezonlari. Pedagogik diagnostikada suhbat metodidan foydalanganda respondentlarning javoblari mazmunan o‘rganilib, quyidagicha baholanishi tavsiya qilinadi:
  1. Savollar mohiyati to‘liq anglangan, ularga javob qaytarishda qiyinchiliklarga duch kelinmagan; mustaqil, mantiqiy fikr yuritilgan; shaxsiy qarashlar dalillar, hayotiy misollar bilan asoslangan; yozma va og‘zaki nutq malakalari-o‘zlashtirilgan holatda - yuqori daraja yoki 3 ball;


  2. Savollar mohiyati qisman anglangan, ularga javob qaytarishda ayrim qo‘llarda qiyinchilik his qilingan, fikrni to‘la bayon qilishga intilish mavjud, ba’zi o‘rinlarda hayotiy misollarga murojaat qilingan, og‘zaki va yozma nutqda juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangan holatda - o‘rta daraja yoki 2 ball;


  3. Ayrim savollarning mohiyati anglangan, ularga javob qaytarishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelingan, fikrlar bir-biri bilan mantiqan bog‘lanmagan, mustaqil fikrlash ko‘zga tashlanmagan, shaxsiy mulohazalar hayotiy misollar bilan boyitilmagan, og‘zaki va yozma nutqda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan hollarda - past daraja yoki 1 ball.





Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin