Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Bolalar bilan ishlash uchun korreksion metodlar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə85/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

4.Bolalar bilan ishlash uchun korreksion metodlar.
Nomlanishi: “Kim yoqimtoy?”
Metodi: o‘yin.
Maqsad: agressiv holatlarni o‘rganmaslikni shakllantirish. Urushlar, zo‘ravonliklar va boshqa shakldagi agressiyani qo‘zg‘atuvchi yaxshi emasligini ko‘rsatish.
Jarayon: bolalar turli emottsional holatlarini ko‘rsatishni yoqtiradilar. Turli agressiv rasmlar va xatti-harakatlar ular uchun yaxshiroq bo‘lsin. Bolalardan qanday holatdagi odamlar yoqishi so‘raladi. Yomon odam rasmini belgilab qo‘yib, unga o‘xshashni xohlaysizlarmi-deb so‘raladi.
Natijalar tahlil: o‘quvchi harakatlarini kuzatish
Nomlanishi: “Skulptor”
Metodi: o‘yin
Maqsadi: agressiv xulq-atvorni korreksiya qilish.
Jarayon: bolalar plastilindan agressiv kayfiyatdagi odamni yasab ko‘rsin. Odamning ko‘zlari, yuzi, gavdasi aks etsin. “Eng yomon odam” ni yasash konkursini e’lon qiling.
Nomlanish: “Mening xarakterim”.
Metodi: test-o‘yin
Maqsadi: korreksion mashqlar va suhbatlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash
Jarayon: o‘qituvchi bolalarga o‘z harakter sifatlarini yozib berishini taklif etadi. Keyin o‘qituvchi bilan birgalikda varoq о‘rtasidan vertikal chiziq tortib xarakter sifatlarini ijobiy va salbiylariga ajratadi.
Mening harakterim
Yaxshi sifatlarini Yomon sifatlarim
Tez xafa bo‘lmayman Ishimni oxirigacha bajarmayman
Uyda oyimga yordam beraman Vaqtida uxlashga yotmayman
4 va 5 bahoga o‘ qiyman Ruxsatsiz televizor kо‘raman
Variattsiya: qancha bo‘lsa shuncha yozish kerak. Bolalarning yoshiga bog‘liq ravishda ularning harakter va xatti-harakatlari tushunish kerak.
Natijalar tahlil: o‘quvchi harakatlarini kuzatish .
Xulosa: o‘yin nihoyasiga yetganda o‘quvchida normal munosabatlar paydo bo‘ladi va boshqalarni o‘ziga jalb qilish odati yo‘qoladi.
Nomlanishi: “Tabriknoma”
Metodi: mashq
Maqsadi: depressiv bola xulq-atvorini korreksiya qilish.
Jarayon: depressiyaga tushgan, o‘ziga ishonmaydigan bolaga butun sinf o‘quvchilari yordam beradi. O‘qituvchi bolalar bilan kelishib olgan holda o‘quvchiga ochiq samimiy, do‘stona munosabat o‘rnatish kerakligini kelishib olishadi. O‘qituvchi boshqa sinf a’zolariga “hozir unga qiyin, bunday vaziyat hammamizda bo‘lishi mumkin. Biz uni qo‘llab quvvatlasak, u o‘ziga kelib olishi mumkin” deb tushuntiradi va zaruriyatga qarab rollarni ham taqsimlab berishi ham mumkin. Masalan, kimdir o‘qishlariga, kimdir muloqot o‘rnatishiga, kattalar bilan munosabat o‘rnatishiga yordam berishi mumkin.
Variattsiya: metodika barcha turdagi og‘ishishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Natijalar tahlil: o‘quvchi harakatlarini kuzatish.
Xulosa: Mashq o‘z nihoyasiga yetganda o‘quvchida normal munosabatlar paydo bo‘ladi va boshqalarni jalb qilish odati yo‘qo‘ladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin