Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining yakuniy fazasi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə97/103
tarix26.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#197647
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

3.Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining yakuniy fazasi
Pedagogik korreksiyaning yakuniy fazasida quyidagi vazifalar bajarilishi kerak bo‘ladi:



  • shaxsda shakllantirilgan kompensator mexanizmlar mustahkamlanadi;



  • shaxsda shakllangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni anglanganlik darajasi aniqlanadi;



  • shaxschining xulq-atvori va faoliyati jarayonida unda shakllantirilgan fazilatlarning namoyon bo‘lishi kuzatiladi;



  • shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida qaytadan diagnostika o‘tkaziladi;



  • zarur bo‘lgan hollarda, kutilgan natijaga umuman yoki qisman erishilmagan bo‘lsa, takroran pedagogik korreksiya rejalashtiriladi va o‘tkaziladi.



Pedagogik korreksiya natijasi, ko‘p jihatdan o‘quvchi shaxsini o‘rganish va uni diagnostika qilish, unida tarbiyaviy mobillikni shakllantirish va tarbiyaviy tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish hamda uyushtirishga bog‘liq bo‘ladi. Neyropedagogika, neyrolingvistik dasturlashtirish va psixodiagnostika imkoniyatlaridan foydalanish esa Pedagogik korreksiya samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


27-mavzu. PEDAGOGIK KORREKSIYANI SAMARALI TASHKIL ETISHNING SHART-SHAROITLARI
Asosiy savollar:



  1. Shaxsiy faoliyat samaradorligini oshirish texnologiyasining asosiy fazasi.



  2. Pedagoglarni diagnostic va korreksion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi





Pedagoglarni diagnostik va korreksion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi

O‘quvchi-yoshlar bilan tashkil qilingan pedagogik korreksiya jrayonida ularda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, ijtimoiy va kasbiy zarur holatlarni samarali shakllanishini ta’minlash quyidagi asosiy uch omil bilan uzviy bog‘liq:



  1. O‘quvchi shaxsida korreksion o‘zgarishlarga nisbatan ehtiyojning, ya’ni tarbiyaviy mobillikni shakllanganligi.



  2. Pedagogning korreksion faoliyatni tashkil qilish va o‘tkazish uchun yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga egaligi.



  3. Pedagog va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro samarali munosabatning vujudga kelishi.



  4. Pedagogning kommunikativ ta’sir o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lishi.



  5. Pedagogda ratsional psixologik tahlil va neyropedagogika hamda neyrolingvistik dasturlashtirishning bazaviy irxmkalaridan foydalanish ko‘nikmalarining mavjudligi.



Pedagogik korreksiya jarayonida ma’lumotni uzatish va uni qabul qilishda o‘quvchining tafakkur strategiyasini hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator neyropedagogik omillarga ham bog‘liq. Chunki, IH ilnliii ning barchasi diqqati va xotirasining hajmi, uni ko‘chuvchanligi, mu hiniotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish tezligi, borliqni tasavvur •lilhdii va anglashi, “dunyoni ko‘rishi” bilan bir-biridan farq qiladi. Uning asosiy sababi - bosh miya yarim sharlarining qaysi biri inson faoliyatida yetakchi ahamiyatga ega ekanligidadir. Ta’lim-tarbiya unvonida bosh miya chap yarim shariga tayanish faqat chap yarim sharning faol rivojlanishiga, o‘ng yarim shariga tayanish esa yarim sharning har ikkalasini faol rivojlanishiga olib keladi.Shu sababli u psixologik korreksiya jarayonida bolalar psixikasidagi mana shunday xos jihatlarini hisobga olish ularda korreksion-rivojlantiruvchi ill viiiiii samarali tashkil etishdagi muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Pedogogik korreksiyaning samarasi o‘quvchiga ma’lumotni uzatish va uni qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator ijtimoiy- psixologik omillarga ham bog‘liq. Bunga korreksiya jarayon ishtirokchilarining ijtimoiy rollari, kommunikatorlar – pedagog va o‘quvchilarning nufuzi, tarbiyaviy ta’sir obyektining oldiga qo‘yilgan ijtimoiy maqsad va undagi psixik jarayonlarning kechishidagi o‘ziga xos jihatlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
O‘quvchining yosh jihatlarini hisobga olish, korreksiya jarayonini tashkil qilishda ushbu jarayon subyektlarining bir birini to‘g‘ri tushunishlarida katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, korreksiya natijasiga pedagogning millati, ijtimoiy kelib chiqishi, g‘oyaviy qarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ko‘rsatma (ustanovka)lar va tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlari ma’lum darajada ta’sir qiladi. Ko‘p hollarda shaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalanganlik darajasi to‘g‘risidagi salbiy ma’lumot ijobiy ma’lumotga qaraganda ko‘proq inobatga olinadi. Ushbu ko‘rsatilgan jihatlarni hisobga olmaslik pedagogik korreksiyaning samaradorligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
O‘tkaziladigan har bir tadbir shaxsning dunyoqarashi, o‘zi va atrofidagilarga nisbatan munosabatini o‘zgartirishi hamda ma’naviy- axloqiy fazilatlarini shakllantirishga intilishini tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lishi bilan ham belgilanadi. Bunda ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, ijtimoiy va kasbiy zarur sifatlarga nisbatan e’tiqod shaxs xulq-atvorining mezonlariga aylanishiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik korreksiya shaxsda shakllantirilishi kerak bo‘lgan xislatlar to‘g‘risidagi mavjud tushunchaning to‘g‘riligiga ishonch, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazari va shaxsiy fikriga ega bo‘lishlikni tarbiyalashga yo‘naltirilishi kerak. Buning uchun pedagog tarbiyaviy ta’sir jarayonida quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishi zarur bo‘ladi:



  1. Korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarning mazmuni va mohiyati.



  2. Korreksion va korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni mantiqiy ketma-ketlikda, bosqichma bosqich uyushtirilishi.



  3. Korreksion va korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlar jarayonida o‘quvchiga berilayotgan ma’lumot aniq dalillar va misollarga asoslangan bo‘lishi.



  4. Korreksion va korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlar jarayonida pedagogning o‘zi muammoga oid ma’lumotlarning haqqoniyligiga astoydil ishonishi.



Pedagogik korreksiya - uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat talab qiladigan dinamik jarayon. Shu sababli ijobiy natija olish maqsadida jarayonni haddan ziyod tezlashtirish u yoki bu fazilatlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, korreksiya maqsadiga har doim ham tadbirlar yakunlanishi bilan erishish mumkin emas. O‘quvchi korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarning maqsadini, pedagog undan nimani kutayotganini va uning o‘zi korreksion o‘zgarishlarni qay darajada muhim ekanligini tushunishi hamda ko‘zlanayotgan natijaga erishishni xohlashi zarur. Buning uchun unga muammoning asl mohiyatini tushuntirish va yechimini (yechim yo‘llarini) topib bartaraf qilishiga pedagog yordam berishi kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik korreksiya samaradorligi korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni tashkil etishda quyidagi duutlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi:



  • korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish;



  • korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni “aql o‘rgatish”ga aylanib ketmasligi;



  • tadbirlar jarayonida pedagogik muloqot qoidalari va tamoyillaridan keng foydalanish;



  • muloqot jarayonida kommunikatsiyaning noverbal kanallari orqali olinadigan ma’lumotlardan foydalanish;



  • o‘quvchini korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishning maqsadi bilan oldindan tanishtirish;



  • pedagogda korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligi;



  • korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlarni qat’iy asosida va mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi;



  • о‘quvchining his-tuyg‘ulari va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;



  • korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi vazifalarini bajarishda o‘quvchining ishchanlik imkoniyatlarini hisobga olish;



  • korreksion hamda korreksion-rivojlantiruvchi faoliyat jarayonida insonning shaxsiga emas, balki uning u yoki bu xatti- harakatini baholash.






Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin