Insonning ehtiyoj lari qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan faoliyatga undovchi turtki -----------.....—................ .....
Faollik nimaga yo’naltirilganligi, nima uchun aynan mana shu xulq-atvor tanlanganligi sababi Г................ ....."........... . Insonning o ’z xulq-atvori va faoliyatini boshqarish vositasi sifatida qaralishi mumkin. Demak, “motivatsiya” deganda o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq psixologik holatlarning 3ta turi tushuniladi. В Birinchidan, motivatsiya faoliyatga undovchi turtki, deb qaralishi mumkin. Bu holda motivatsiya umuman faollik holati nima uchun vujudga kelishi, qanday ehtiyojlar subyektni faoliyatga undashini aniqlab beradi. В Ikkinchidan, motivatsiya xulq-atvor yonalisbini tanlash sababi bo‘lib,inson shaxsi yo‘nalishini tashkil qiladi. В Uchinchidan, motivatsiya faoliyatni boshqarish vositasi hisoblanadi. Bu vositalarga - emotsiya, istak, mayllarni kiritish mumkin. Insonning xatti -harakatlarini belgilovchi barcha psixologik omillar shaxsiy dispozitsiyalar deb ataladi. Barcha mavjud dispozitsiyalaming eng muhimi ehtiyoj hisoblanadi. Ehtiyoj - odam va hayvonlarning normal yashashi hamda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarga muhtojlik holatidir. A.MASLOU tomonidan odam ehtiyojlarining shaxsiy rivojlanish davomida paydo bo‘ladigan ehtiyoj lari ierarxiyasi taklif etilgan.