Agressiv xulq va uning turlari. O‘smirlarning psixologik xususiyatlari, o‘zini katta kishidek xis qilishga intilish ba’zida ularning hulqida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Psixolog shu o‘zgarishlarning asosida qanday sabablar yotganini yaxshilab o‘rganib eng maqul psixologik choralar ko‘ra oladi.
Amaliy psixologiyaning dolzarb vazifalaridan biri o‘smirlar hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni o‘rganish va ularga yordam berishdir.
O‘simrlik yoshi ijtimoiy, psixologik, fiziologik jihatlardan juda murakkab qarama - qarshiliklarga to‘ladir. Bu qarama-qarshilik va murakkabliklarning asl sabablarini ko‘pincha o‘smirning o‘zi va atrofidagilar anglamaydi.
O‘smirning ichki dunyosidagi qiyinchiliklar tashqi olamdagi, tahlim muassasasidagi talablar bilan o‘smir dunyoqarashi, motivlari to‘qnashganda ular psixologiyasida, hulqida salbiy o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Natijada o‘smirda g‘azabiylik, betga choparlik, o‘zini tuta bilmaslik kabi salbiy xususiyatlar, shu bilan birga kattalardan o‘zining ichki dunyosidagi o‘zgarishlarni yashirish, kattalarga, o‘qituvchi va tarbiyachilarga ishonmaslik, o‘z - o‘ziga ishonmaslik sifatlari paydo bo‘ladi.
O‘smir o‘z hayotidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni kattalarning yordamisiz engib o‘tishi juda qiyin. Bu borada o‘qituvchilar, tarbiyachilar, vrachlar, ota-onalar hamkorlikda ishlashlari kerak. SHunday hamkorliklardagi ishlardan biri pedagogik-psixologik konsiliumdir. Konsilium (lotincha consilium - kengash, maslahatlashish) - bir yoki bir qancha sohalardagi mutaxasisslarning ma’lum muammoni mukammal o‘rganish va uni hal etish usullarini aniqlash uchun kengashishidir.
Bu o‘quvchi hulqidagi o‘zgarishlarni har tomonlama chuqur o‘rganishni, tarbiya jarayonida xatoga yo‘l qo‘ymaslikni, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishni kafolatlaydi. SHunday qilib psixologik - pedagogik konsilium - bu ota-onalar, pedagoglar, tibbiyot xodimi va boshqalarning o‘smir hulqidagi salbiy o‘zgarish sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish uchun kengashishidir.
Pedagogik-psixologik konsiliumning maqsadi:
O‘quvchini (o‘smirni) psixologik jihatdan mukammal o‘rganish va taxlil qilish (uning psixik rivojlanganlik darajasini, shaxsiy sifatlarini, xarakterini, temperamentini, o‘qishdagi va oiladagi sharoitini, sog‘lig‘ini, o‘quv guruhidagi mavqeini, tengdoshlar orasida tutgan o‘rnini) o‘rganish va o‘quvchiga uning ota-onasiga, pedagoglarga yordam berish.
Pedagogik-psixologik konsilium faqatgina tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun emas, balki individual-psixologik xususiyatlarga ko‘ra oilasida, o‘quv guruhida yoki o‘zining ichki qiyinchiliklariga o‘rgangan o‘smirlar uchun ham foydalidir.
O‘smirlarning psixik rivojlanishi qonuniyatlarini, ularga tasir qiluvchi sabablarini o‘rganish oilada va ta’lim-tarbiya jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutish imkoniyatini beradi. Pedagogik-psixologik konsiliumning vazifalari quyidagilardan iborat: 1.O‘smirlarning psixik rivojlanganlik darajasini har tomonlama baholash. O‘smirning diqqati, xotirasi, tafakko‘ri, idroki, nktqi, hissiyoti va xokazo o‘rganiladi. Buning uchun har xil testlar, eksprimentlar, kuzatish kabi metodlardan foydalaniladi. O‘smir shaxsini o‘rganishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) o‘smir o‘zining psixik faoliyatini mustaqil boshqara oladimi yoki katta kishilar yordamiga muxtojmi;
b) o‘smir o‘zining harakatlari, o‘ilayotgan ishlarining asl maqsadini tushinib, shunga muvofiq ish olib boradimi;
v) o‘smir o‘zi kutgan maqsadiga erisha olmagan vaziyatlarni qanchalik to‘g‘ri baholaydi;
s) o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish uchun to‘g‘ri yo‘l tanlay olishi;
2. O‘smir rivojlanishidagi salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi, o‘smirning o‘qishiga, ishiga, boshqalar bilan o‘zaro munosabatlariga xalaqit beruvchi sabablarni psixologik jihatdan o‘rganish. Masalan, o‘smir aqliy tarqqiyotida orqada qolgan bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘smirning o‘quv materialini, xatti-harakat qoidalarini, o‘quv jamoasiga ko‘nikishini qiyinlashtiradi. O‘smirdagi o‘zgarishlarning sabablari organik xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin. Ko‘p hollarda o‘smirdagi o‘zgarishlarning asl sabablari ijtimoiy omillarining tasiri bo‘lishi mumkin. Bu xolda o‘smirning o‘z atrofidagi odamlar bilan munosabatini, ular bilan kelisha olmasliklari sabablarini, o‘z - o‘zini baholashi, o‘zini psixologik jihatdan himoya qilish usullari va xakozo o‘rganiladi.
3. O‘smirning kamolotga erishishida uning kelajagida salbiy o‘zgarishlar qanday natijalar olib kelishini baholash. Bu borada o‘smirning hayoti, uning o‘qishi, ijtimoiy mavqei va h.q. hisobga olinadi.
4. O‘smirga yordam berishning eng mahqul yo‘llarini aniqlash. Beriladigan yordam har xil bo‘lishi mumkin. Masalan: ota-onalar bilan ishlash, ularni pedagogik jihatdan tarbiyalash, o‘smir o‘qishini to‘g‘ri tashkil qilish uchun individual reja tuzish, o‘z ustida ishlash rejasini tuzish, o‘smirning xissiyoti yoki xarakteridagi salbiy o‘zgarishga qarshi ko‘rashishi va h.q.
Psixologik-pedagogik konsilium o‘tkazayotganda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqargan va bu o‘zgarishlarni turg‘unligini ta’minlovchi omillarni hisobga olish kerak. Bular tug‘ma, irsiy, noqulay oila sharoiti, tahlim muassasasidagi yomon sharoit, kasallik va h.q. bo‘lishi mumkin.
Konsilium o‘tkazayotganda hisobga olinishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biri o‘rganilayotgan o‘smirning xatti-harakati me’yordan chetga chiqqanmi yoki xususiyatlarining ta’siri ostida paydo bo‘lgan vaqtinchalik hodisa ekanligini to‘g‘ri aniqlashdir.