Vositalar:MAVZUGAdoirdarsliklar, Ijtimoiy ustanovka, uning tuzilishi va vazifalarini o‘rganib, ko‘rib chiqishga doir materiallar, YA.A.YAdovning dispozitsion konsepsiyasini ifodalovchi lavhalar, ko‘rgazmali materiallar.
Metod va usullar: kitob bilan ishlash, modulda urganish, kuzatish, amaliy mashq.
Shaxslararo idrok. uning effekti. Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Birbirini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir:
1. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.
2. Empatiya — inson o'zini xayolan suhbatdoshi o'miga qo'yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi.
3. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi.
4. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi
Kauzal atributsiya. Atributsiya turlari. Ijtimoiy persepsiya davomida kauzal atributsiya hodisasi ham kuzatiladi. Kauzal atributsiya — ijtimoiy persepsiya subyektining boshqa insonlar xulq-atvori va motivlarini talqin etishidir. Odam kuzatish orqali idrok etilayotgan kishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo'lmasligi tufayli uning xulq-atvorini determinatsiyalayotgan taxminiy sabablami qidiradi va ulami asliga noto'g'ri bo'lsa ham persepsiya obyektining xulq-atvoriga «tirkab qo'yadi». Boshqacha qilib aytganda, kauzal atributsiya hodisalar va insonlar xulq-atvoriga muayyan sabablami tirkab qo'yish, sababchi deb bilish. G. Kelli shaxsiy atributsiya (bunda sabablar harakat obyektiga tirkaladi), obyekt atributsiyasi (sabablar harakat yo'naltirilgan obyektga tirkaladi), www.ziyouz.com kutubxonasi vaziyat atributsiyasi (bunda sabablar harakat sodir bo'layotgan vaziyatga tirkab qo'yiladi) kabilami ajratgan. Kauzal atributsiya — lotincha «causa» — sabab va «atributto» — in’om etaman, degan ma’noni bildiradi. Kauzal atributsiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o'rganilgan turli xildagi shartsharoitlarga bog'liq bo'ladi