Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi. Stereotipizatsiya — (grekcha «o‘zgarishsiz, takrorlanish») stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash.
MAVZU: SOTSIAL PSIXOLOGIYADA GURUHLAR MUAMMOSI
Asosiy savollar:
1.Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi. Kichik guruh klassifikatsiyasi
2. Kichik guruhlarning o‘lchami..
3. Kichik guruhning tuzilishi va dinamik xarakteristikasi
4.. Kichik guruhlarning shakllanishi. Konformizm hodisasi.
5.Guruhiy qarorlar qabul qilish.
6.Ijtimoiy fasilitatsiyasi va ijtimoiy ingibitsiyahodisasi.
7.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy psixologiya, shaxslararo munosabatlar, psixologik yondoshish, sotsiologik yondoshish, kichik guruhlar. 1-topshiriq.. Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik. Guruh hayoti va undagi a’zolarning o‘zlarini yaxshi xis qilishlari ko‘p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir - birlariga ijobiy munosabatda bo‘la olishlariga bog‘liq. Bu xodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi.
Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi: a) faoliyat natijalari; b) a’zolarning sarflagan kuch - energiyalari; v) faoliyatdan qoniqish.