Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 12-16- guruh talabasi Noraliyev Tolibjonning Mikrobiologiya fanidan taqdimoti


Kapsula tarkibida ko’pincha pоlisaхaridlar uchraydi, ba’zan esa glikоprоtoidlar va pоlipеptidlar uchrashi mumkin



Yüklə 29,86 Kb.
səhifə10/12
tarix19.12.2023
ölçüsü29,86 Kb.
#185192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
portal.guldu.uz-Микроорганизмлар ва биосфера

Kapsula tarkibida ko’pincha pоlisaхaridlar uchraydi, ba’zan esa glikоprоtoidlar va pоlipеptidlar uchrashi mumkin.

TASHQI MUHIT TA’SIRINING MIKROORGANIZMLARGA TA’SIRI

Mikroorganizmlarning hayoti tashqi muhitning sharoitlari bilan chambarchas bog’liq. Qanchalik tashqi muhitning sharoitlari yaxshi bo’lsa, shunchalik organizmning rivojlanishi tezroq boradi. Mikroorganizmlar tashqi muhit sharoitlariga moslashadilar.

Mikroorganizmlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi tashqi muhitning hamma omillarini 3 asosiy guruhga bo’lish mumkin:

Fizikaviy omillardan: namlik, muhitdagi moddalar eritmasining konsentrasiyasi - muhitning osmotik bosimi, nurli energiya va harorat katta ahamiyatga ega.

Kimyoviy omillardan: muhitning reaksiyasi (pH), undagi oksidlanish qaytarilish sharoiti (CH2) va zaxarli moddalarni ta’siri mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun muhimdir.

Biologik omillardan: mikroorganizmlarga biologik aktiv moddalar (vitaminlar, antibiotiklar va boshqalar) ta’siri hamda mikroorganizmlarning o’zaro munosabati va boshqa organizmlar bilan bo’lgan munosabati o’rganiladi.

Mikroorganizmlarga fizikaviy omillarning ta’siri

Namlik mikroorganizmlarning hayot kechirishida katta ahamiyatga ega. Mikrob hujayrasining 75-85% suvdan tashkil topgan bo’lib, undagi modda almashinuvi va hayot kechirishi suv bilan bog’langan. Mikroorganizmlar o’sishi va rivojlanishi uchun ma’lum miqdorda suv talab qiladi. Shuning uchun muhitda suv optimal belgilangan o’lchamdan kamayib ketsa, mikroorganizmlarning ko’payishi to’xtab qoladi.

Ba’zi mikroorganizmlar muhitning osmotik bosimiga moslasha oladilar, ular osmoregulyasiya qobiliyatiga egadir. Faqat yuqori osmotik bosimli muhitda normal rivojlana oladigan mikroorganizmlarni osmofil mikroorganizmlar deb ataladi. Osh tuziga chidamli osmofil mikroorganizmlar galofillar (tuz sevuvchi) deb nomlanadilar.


Yüklə 29,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin