Harorat - muhitning yana bir muhim omili bo’lib, mikroorganizmlarning o’sish imkoniyatini va rivojlanish darajasini belgilaydi. Har bir mikroorganizmning hayoti ma’lum harorat chegarasida o’tadi, u chegaradan tashqarida hayot uziladi. Ba’zi mikroorganizmlarning harorat chegarasi tor, boshqalariniki esa keng va o’nlab gradus bilan o’lchanadi.

Mikroorganizmlarning haroratga bo’lgan munosabatini 3 kardinal nuqtalar bilan belgilanadi: minimum, optimum va maksimum.
Minimal haroratdeb-mikroorganizmlarning rivojlana oladigan eng past haroratiga aytiladi.
Optimal haroratdeb-mikroorganizmlarning eng intensiv rivojlana oladigan haroratiga aytiladi.
Maksimal haroratdeb-mikroorganizmlar rivojlana olishi mumkin bo’lgan eng yuqori haroratiga aytiladi.
Haroratga bo’lgan munosabatlari bo’yicha mikroorganizmlar 3 guruhga bo’linadilar.
Psixrofillar yoki sovuqni sevuvchi mikroorganizmlar nisbatan past haroratda o’sadi. Ularning minimal o’sish harorati -10 - 0°S ga teng, optimal o’sish harorati 10 – 15 °S va maksimali 30 °S ga yaqindir.
Termofillar yoki issiqni sevuvchi mikroorganizmlar nisbatan yuqori haroratda yaxshi rivojlanadilar. Ular haroratining minimumi 50-600 S maksimumi 70-800 S chamasi, ba’zilari uchun esa uNdan ham yuqoriroq.
Mezofillarda harorat minimumi 5 - 10°S atrofida, optimal harorat 25 - 30°S ga teng, maksimali 40 - 50°S ga boradi. Ko’pchilik kasallik va zaxarlanish keltiruvchi mikroblar ham mezofillar guruhiga mansub. Ba’zi mezofillar kengroq harorat chegarasida yashaydi: 0°S dan 65°S gacha. Bu ko’pchilik oziq-ovqatni aynituvchi mikroorganizmlarga taaluqlidir.