10. Me’yoriy-balans hisobi usuli. Me’yor va nisbat tushunchasi tabiatning eng muhim qonuniyatlaridan biridir. Hatto tabiat qonunlarining ham amal qilish me’yori mavjud. Masalan, Nyutonning “Butun olam tortishish qonuni” ga ko’ra atmosfera bosimi va erning tortish kuchi mavjud sharoitda hech bir jism havoda muallaq tura olmaydi. Biroq, bu qonun ham nisbiy, uning ham amal qilish muddati chegaralangan. “Energiyaning saqlanish qonuni” ga ko’ra samolyot uchadi va uning dvigateli ishga tushgan zahotiyoq, Nyuton qonuni inkor etiladi va u fazoga ko’tariladi. Agar, dvigatel fazoda to’xtasa, Nyutonning “Butun olam tortishish qonuni” yana kuchga kiradi. Bu davrda “Energiyaning saqlanish qonuni” inkor etiladi. Hech qachon har ikkala qonun ham amalda bo’lib, samolyot fazoda muallaq qolmaydi. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday tabiat qonunining ham amal qilish me’yori mavjud.
Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda me’yor-balans hisobi usuli keng foydalaniladi. Ma’lumki, sobiq “Ittifoq” tuzumi davrida mahsulot ishlab chiqarish aholi jon soniga nisbatan rejalashtirilar edi. Bu esa bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgargi tuzum tarkibidagi mamlakatlar iqtisodiyotida juda katta o’zgarishlarni sodir etadi va kezi kelganda yangi vazifalarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Endilikda, mamlakatlar don, go’sht, tuxum, sut etishtirish barobarida ichki ehtiyojlarni to’liq ta’minlashlari zaruriyati yuzaga keladi. Mamlakatlar qachonki, ichki ehtiyojni to’liq ta’minlagandagina, mahsulotlarni eksport uchun qayta ishlash va chetga chiqarish zaruriyati yuzaga keladi.
Demografik tadqiqotlarda ham me’yoriy balans hisobi usuli muhim ahamiyatga ega. Masalan, Termiz Davlat universiteti tadqiqotchisi H.Xolmo’minov o’z tadqiqot ishida arxiv ma’lumotlariga asoslanib quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: “Ma’lumotlarga ko’ra Samarqand viloyatidan Sirdaryo tumaniga ko’chirilgan 2683 kishidan 819 kishi (30,5%)2, Andijon viloyatidan Mirzacho’l tumaniga ko’chirilgan 2112 kishidan 578 nafari (27,3%), Toshkent viloyatidan Bo’ka tumaniga ko’chirilgan 1400 kishidan 320 kishi (21,5%), Qashqadaryo viloyatidan Bekobod tumaniga ko’chirilgan 2319 kishidan 725 nafari (31,2%) turli xastaliklar tufayli mehnatga layoqatsiz hisoblangan.”3 Agar, O’zbekiston aholisi 2005 yilda 26 mln. kishidan oshganligini e’tiborga olinsa, hozirgi kunda mamlakatda 13,7 mln.ga teng mehnatga layoqatli aholi mavjud. Bu jami aholining 50-51 foizini tashkil etadi. YUqorida Samarqand, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlaridan yangi o’zlashtirilgan erlarga ko’chirilgan aholining o’rtacha 70 foizi mehnatga layoqatli hisoblangan bo’lsa, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar birmuncha yaxshilangan sharoitda ham shu ko’rsatkichga erisha olmayapmiz. CHunki, bunda aholining yosh tarkibi ham e’tiborga olinishi lozim. H.Xolmo’minov keltirib o’tgan mulohazani tahlil qilishimizdan maqsad shuki, aholining mehnatga layoqatli qismini aniqlashda ham nisbiy-me’yor mavjud bo’lib, har qanday iqtisodiy sharoitlar bosqichida ularda keskin o’zgarishlar hosil bo’lmaydi.