Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Tadqiqot mavzusi, maqsad va vazifalari....................................................................................10



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə2/18
tarix19.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#187140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

5. Tadqiqot mavzusi, maqsad va vazifalari....................................................................................10


6. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanidan kurs ishlari mavzulari banki.............................18


7. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...........................................................................................21

1. Kurs ishiga qo’yiladigan talablar

Kurs ishlarining mavzulari kafedra tomonidan belgilanadi. Talabaga kurs ishi mavzusini tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talaba o’zini qiziqtirgan mavzuni kurs ishi mavzusi sifatida olishi mumkin. Kurs ishini tayyorlash jarayonida talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi.


Kurs ishini tayyorlash uchun ta’lim yo`nalishi o’quv rejasida alohida soatlar, ya’ni vaqt ajratilishi lozim. Kurs ishini tayyorlashda talabalarga quyidagilar asos bo’lib xizmat qiladi:
a) bir kurs doirasida referat, kurs ishlarining ketma-ketligi;
b) bir-biriga yaqin fanlar: pedagogika, psixologiya, xususiy fanlar va ularni o’qitish metodikasi kabi fanlardan talabalar tomonidan bajarilgan kurs ishlari va turli vazifalarni muvofiqlashtirish;
v) pedagogik amaliyotning barcha ko’rinishlaridan foydalanish;
g) statistic ma’lumotlar tahlili va b. q.
Talabaning kurs ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq o’rganish, ilgari olingan bilimlarni tizimlashtirish va ularni amaliyotda samarali qo’llash, mustaqil tadqiqot olib borish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qiladi.


2. Kurs ishining taxminiy tuzilishi va bo’limlarning mazmuni

1. Kurs ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish -umumiy hajmning 10%; nazariy qism - nazariy masalalarni qo’yishdan ko’zlangan maqsad, ularni o’rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda umumiy hajmning 25-30%; tahlil qismi - 15-20%; tajriba-sinov ishlari haqidagi qism - 30-35%; xulosalar - 5%; adabiyotlar ro’yxati.


2. Kurs ishining tuzilishi, undagi boblar mutanosibligi har bir ishning mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog’lik holda alohida belgilanadi. Kurs ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 25-30 saxifani tashkil etishi lozim.
3. Kirish qismida mavzuning ijtimoiy va pedagogik jihatdan dolzarbligi asoslanadi, muammo belgilanadi, Tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi ko’rsatiladi, tadqiqotning farazi, vazifalari, metodologik asosi kiritiladi, tanlangan mavzuning ishlanganlik darajasi aniqlanadi, tadqiqot olib borish metodlari, manbalar, dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish qismining so’nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor bo’lganidan keyin yoziladi.
4. Kurs ishining bosh qismida mavzuning asosiy masalalari bo’yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko’rib chiqilayotgan soxada olib borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi. Kurs ishining o`z qarashlari, kontseptsiyasi belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko’rish uchun metodik yondashuv tanlanadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif nazariy bilimlardan pedagogik amaliyot tahliliga, xususiy hodisalar tahlilidan nazariy umumlashtirishga o’tilshi zarur.
5. Taxliliy qismda o’quvchilarga umumiy o’rta ta’lim va kasb-hunar kollejlari muassasasida, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishnshg, ularni rivojlantirish, umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya o’qitishni tashkil etishning ahvoli, bunda qo’llanayotgan metodlar va b. tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologiyasi asosida umumiy o’rta ta’lim yoki kasb-hunar kollejlari ta’limda vujudga kelgan vaziyat taxlil qilinadi, ishning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlab olingan hamda shakllantiruvchi tajriba-sinovni o’tkazish metodikasini va mazmunini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar tadqiq qilinadi va qayta ishlanadi.
6. Tajriba qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo’yicha ishlanmalar, ishlarni olib borish metodikasi; qo’yilgan masala va vazifalarni xal etish yo’llari; olingan natijalarni ta’lim muassasalariga joriy etish bo’yicha metodik tavsiyalar. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida o’rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval ahvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o’zgardi, nimaning natijasida yutuqqa erishildi, miqdor va sifat o’zgarishlari nimalarda namoyon bo’ldi, qanday qiyinchiliklar duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va x.z.).
7. Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi pozitsiyasini ko’rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo’yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, taxlil natijalari o`quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni joriy etish yo’llari ko’rsatiladi.

Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin