Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Talabaning o’zi bajargan kurs ishiga, erishgan natijalari va ish sifatiga bergan bahosi



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə5/18
tarix19.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#187140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

Talabaning o’zi bajargan kurs ishiga, erishgan natijalari va ish sifatiga bergan bahosi:
- mavzu bo’yicha ishlash davomida qanday vazifalar qo’yilgan edi va ular qay tarzda bajarildi;
- bajarilgan ish natijalari bilan qoniqish darajasi;
- mavzuning qaysi qirralari bo’yicha tadqiqot davom ettiriladi.
Axborot berilganidan so’ng talaba savollarga javob beradi. Kurs ishi mazmuni bo’yicha nafaqat komissiya a’zolari, balki himoyada ishtirok etuvchi istalgan shaxs savol berilishi mumkin.
So’ngra ilmiy rahbar xulosasi va taqrizchining xulosasi o’qib eshittiriladi.
Keyin ish muallifi taqriz va xulosalarda keltirilgan e’tirozlar yuzasidan o’z fikr-muloxazalarini bildiradi hamda himoya davomida berilgan savollarga javob beradi.
Shundan keyin ishning muhokamasi boshlanadi, unda xohlovchilarning barchasi ishtirok etishi mumkin.
Himoya yakunida muallifga e’tirozlarga sabab bo’lgan o’rinlarni izohlash, tegashli ma’lumotlar keltirish, qo’shimcha materiallar bilan qisqacha tanishtirish imkoni beriladi.
Himoyadan keyin kurs ishi oliy ta’lim muassasasining kutubxona fondida yoki tegishli kafedralarda saqlanadi. Ishlardan talabalar, boshqa ta’lim muassasalari o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat bo’lishi mumkin. SHuningdek, ishda kartalar, kartasxemalar, jadvallar va diogrammalarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishi kirish qismida mavzuning dolzarb ahamiyatga egaligi, mavzu doirasida ijod qilingan respublika va xorij davlatlari olimlarining tadqiqotlariga munosabati tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob’ekti, predmeti hamda ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati asoslanadi.
Tadqiqot ishining birinchi bobi tadqiq etilayotgan mavzuning nazariy-metodologik asoslariga bag’ishlanishi, ikkinchi bobida tadqiq etilayotgan mavzuning bugungi kundagi holati va ahamiyati, undagi asosiy omillar, olib borilgan tajriba-sinov ishlarining tahlili, olingan natijalar aks etishi maqsadga muvofiq. Ishning xulosa qismida tadqiqot natijalari umumlashtirilib, kelajakda amalga oshirilishi lozim bo’lgan asosiy fikr va mulohazalar, takliflar keltirilishi lozim.
Iqtisodiy geografiya yo’nalishi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining rejasini quyidagicha tuzish tavsiya etiladi:

Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin