13. Rayonlashtirish usuli. Xo’jalik tizimining tarixan shakllanishi, tabiiy joylashuvi, ishlab chiqarish shakllari va shart-sharoitlari e’tiborga olingan holda, ma’lum rayonlarga ajratib o’rganish zaruriyati yuzaga keladi yoki tadqiqot natijalariga ko’ra ma’lum sohaga ixtisoslashgan hududlari, sanoat tugunlari, qishloq xo’jaligi rayonlariga ajratish mumkin.
Professor A.Soliev ta’kidlaganidek,- “Iqtisodiy rayonlar xududiy mehnat taqsimotining natijasi bo’lib, ular avvalgi tizimda xalq xo’jaligini planlashtirish uchun asos bo’lar edi. Hozirda esa yagona markazdan turib davlat mulkini, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo’qoldi. Davlat planlashtirish tashkiloti (GOSPLAN) barham topdi, mulkchilik shakllari o’zgardi, u davlat tasarrufidan chiqarildi, ishlab chiqarish va boshqarishda manopoliyaga qarshi kurash, raqobat kuchaydi. Demak, shu ma’noda, modomiki, planlashtirish yo’qolar ekan, iqtisodiy rayonlar keraksizday bo’lib qoldi. Bu holat esa iqtisodiy geografiya fanining tub mohiyatiga ta’sir qiladi. CHunki uni iqtisodiy rayonlarsiz mutlaqo tasavvur etib bo’lmaydi. Aslida esa iqtisodiy rayonlar tizim tarkib qoidasiga muvofiq saqlanib qolaveradi, faqat ularning maqsadi o’zgaradi xolos. Hozirgi sharoitda iqtisodiy rayonlar davlatning ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi va uni ayni paytda ular mamlakat iqtisodiy makonining ichki xususiyatlarini o’rganishda ham, o’ziga xos usul sifatida zarurdir”.5 14. Omillarni tahlil qilish usuli. Geografik tadqiqotlarda muammoning kelib chiqishi yoki uni tartiblash omillarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular tadqiqot maqsadi va doirasiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin:
Tabiiy omillar
Omillarni o’z navbatida ikkiga bo’lish mumkin: 1) sub’ektiv omillar ya’ni inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yoki inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan omillar. YUqoridagi demografik, ijtimoiy-psixologik, etnik omillar shular jumlasidandir. 2) Ob’ektiv omillar ya’ni inson faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan omillar. Masalan, qurg’oqchilik, sho’rlanish, toshqinlar, ko’chkilar, ob-havodagi keskin o’zgarishlar kabilar tabiiy omillar hisoblanib, ishlab-chiqarishning biror mavsumda izdan chiqishiga yoki butunlay inqiroziga olib kelishi mumkin.