TA’LIM-TARBIYA JARAYONI SAMARADORLIGINI ANIQLASH TEXNOLOGIYALARI
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash algoritmlari: O’quv kursi mazmunini tahlil qiling.
Ta’lim mazmunidagi bilimlarning turlarini quyidagi 1-jadval asosida aniqlang.
Bilimlarning turlarining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda test topshiriqlarining qiyinlik darajasini aniqlang.
O’z o’quv faningiz bo’yicha talabalarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlashning Reyting tizimi uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlarini tuzing.
Joriy nazorat uchun o’rganilayotgan mavzuning mazmunidan savollar to’plamini tuzing.
Masalan:
Algoritm
“YUKSAK MA’NAVIYAT - ENGILMAS KUCH” asaridan quyidagi savollarni tuzish mumkin.
Ma’naviyatning muhim omillarini sanang.
―Avesto‖ning asosiy g’oyasini yozing.
Imom Buxoriyning hadislar to’plami qanday nomlanadi?
―Muhaddislar sultoni‖ nomiga musharraf bo’lgan bobokalonimizni ayting.
2007 yil AYSESKO tomonidan Toshkent shahri qanday ulug’ maqomga ega bo’ldi?
Quroni Karimdan keyin ikkinchi muqaddas manba deb atalgan asarning muallifi va nomini yozing.
Sharq mamlakatlarida moturidiya maktabini tashkil etgan allomaning nomini yozing.
Burxoniddin Marg’inoniy musharraf bo’lgan unvonning nomini ayting.
Burxoniddin Marg’inoniyning o’lmas merosi bo’lgan kitobning nomini ayting.
Bahouddin Naqshbandning hayotiy hikmatiga ta’rif bering.
Muxammad Muso al Xorazmiy nomi bilan bog’liq kashfiyotlarni ayting.
Ahmad Farg’oniy qalamiga mansub asarning nomini ayting.
Oydagi kraterlarning ikkitasiga ikki buyuk vatandoshimiz nomi qo’yilgan. Ularni aniq ayting.
Qaysi asr ―Beruniy asri‖ degan nomni olgan?
Maxmud Zamaxshariy tomonidan tsivilizatsiyaga qo’shgan hissasini ayting.
―Tajribamdan ko’rdimki, azmi qat’iy, tadbirkor, xushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroqdir.‖ Bu hikmatli gap kimga tegishli ekanligini yozing.
Horijiy mamlakatlarning qaysi birida Ibn Sino xotirasiga haykal qo’yilgan?
Litvada qaysi vatandosh allomamiz xotirasiga haykal qo’yilgan?
Alisher Navoiyning xotirasiga horijiy mamlakatlarning qaysi shaharlarida haykal qo’yilgan?
Ahmad Farg’oniy xotirasiga horijiy mamlakatlarning qaysi shaharda haykal qo’yilgan?