I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad – Talabalarni raqamli tarix fanining maqsadi va vazifalari, unga dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yondashuvlar, samarali loyihalar bilan tanishtirish.
Fanning vazifasi – Talabalarga tarixiy jarayonlarni anglashda raqamli texnologiyalarining o’rni, fan masalalarini echishda zamonaviy yondashuvlar, tarixiy voqeliklarni, faktlarni o’rganishda, tarixiy tadqiqotda elektron manbalarning hamda internetning ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda fan doirasidagi zamonaviy loyihalar kabi masalalar ahamiyatini tushuntirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari Fanning tarixiy tadqiqotlar tizimida tutgan o’rni. Fanning maqsadi, vazifalari. Tarix ta’limida axborot texnologiyalarining o’rni va ahamiyati. Fanning uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari. Fanga oid tamoyil va yangicha yondashuvlar. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
2-mavzu. Raqamli tarix fanining shakllanishi va taraqqiyoti “Digital History” (Raqamli Tarix) tushunchasi. “Tarixiy informatika” yo’nalishi. Digital History tadqiqot doirasi, rivojlanish tarixi. Mazkur yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar. Xorij tajribasi.
3-mavzu. Tarix fanida axborot texnologiyalarining qo’llanilishi Tarix fanida axborot texnologiyalari fani taraqqiyoti. Tarix va informatika. Tarixiy tadqiqotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tajribasi. Fanda axborot texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy bosqichi hamda rivojlanish tendentsiyalari.
4-mavzu. Elektron manbalarning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati Ma’lumot va ma’lumotlar modeli. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar tuzilishi. Matnli manbalar. Statistik manbalar. Kartografik manbalar. Tasviriy manbalar. Elektron hujjat tushunchasi. “Kompyuter manbashunosligi”ning vujudga kelishi. Tarixiy manbalar va zamonaviy axborot texnologiyalari.
5-mavzu. Tarixiy tadqiqotlarda elektron matnning o’rni Elektron matn kontseptsiyasi. Elektron matn axborot manbasi sifatida. Elektron matnga bo’lgan talab. Elektron hujjat aylanmasi.“Qog’ozsiz texnologiyalar”.Tarixiy mantlarni skanerlash va optik qurilmalar orqali elektron shaklga o’girish: qo’lyozma va toshbosma matnlarni elektron shaklga o’girishda dasturlarning imkoniyatlari va kamchiliklari. Tarixiy manbalarni elektron shaklga o’girish tajribalari.