Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə18/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-asosiy savolning bayoni:

Dunyoviy davlat va din. Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.

Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyilini uning asosini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».

Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Avvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Bugungi kunda respublikamizda 15 ta noislomiy konfessiyaga mansnb 186 ta tashkilot emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham buning amaliy ifodasidir. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.

SHu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.

Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyil - din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish, bashorat qilish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishdir.

Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. SHundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.

I.A.Karimovning Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida bu tamoyil o‘zining yorqin ifodasini topgan: «Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texiiologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz». Bu fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda.

Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatida dindorlarning huquqiy maqomi va davlat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda diniy konfessiyalar haqidagi qonunlarning hayotga tatbiq etilishidek ikki muhim jihat ham bor.

Konstitutsiyamizda bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi Konstitutsiyaning 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:

«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”

Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:

- dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qiimaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;

- dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.

Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati - bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatui o‘z ichiga oladi.

Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlarining barchasini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish ta’qiqlangan.

O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin