Guliston davlat universiteti


Dinning bag‘rikenglik mohiyati



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə16/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Dinning bag‘rikenglik mohiyati. Insonning aqliy va hissiy qobiliyatlaridan tashqari barcha dinlarning zamirida uchinchi - cheksizlikni idrok qilish qobiliyati ham bor. Insoniyat dinga, e’tiqodga muhtoj. Zero, hammaga ideal kerak. Dinlarning kelib chiqishi bir, ammo bashariyat turli dinlarga e’tiqod qiladi, hatto bir xalq, millat ham turli diniy ta’limotlarga ergashadigan hollar mavjud. Barcha dinlarda ezgulik g‘oyalari ustuvor, «yaxshilik qil, yomonlik qilma» demagan birorta diniy ta’limot yo‘q. Barcha dinlarni, hatto keng eng qadimgilarini ham bag‘rikenglik ruhida o‘rganmoq zarur.

Diniy mavzuni yoritishda bag‘rikenglik (tolerantlik), sabr-toqatlilik, inson, jamiyat, dunyo haqidagi qarashlarning o‘zaro mubohasasi usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Diniy va nodiniy dunyoqarash shakllarining o‘zaro o‘xshash tomonlariga urg‘u berish darkor.

Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus patriarxi Aleksiy II, Xillari Klinton va Madlen Olbrayt, Iordaniya shahzodasi Hasan bin Tallol kabi dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o‘tdilar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo‘lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.

IX asrdan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini sunna yo‘nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz - Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Burhoniddin Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «ahli sunna val-jamoa yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Buyuk ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo‘lda kurashdilar. X asr o‘rtalarida islom dunyosida shia yo‘nalishi (SHimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda - fotimiylar, YAmanda -zaydiylar va hatto abbosiylar poytaxti Bag‘dodda - buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, somoniy, g‘axnaviy va qoraxoniy hokimlari «ahli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.

Xususan, o‘z davrining ramzi bo‘lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to‘g‘ri idrok etgan. SHarafiddin Ali YAzdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qarshi qat’iy bo‘lgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo‘lmagan va shu jihatdan ham, u nafaqat o‘z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin