Guliston davlat universiteti


-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə25/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga ekstremizmning mazmun va mohiyatini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- ekstremizm tushunchasini biladi;

- ekstremizmning mazmun va mohiyatini tushuntiradi;

- ekstremizmning zararli oqibatlarini biladi;


1-asosiy savolning bayoni:

«Ekstremistik» so‘zi «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish» ma’nolarini bildiradi. Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.

Turli ekstremistik guruhlarning o‘zaro munosabatida doimiy kelishmovchilik va janjallar, voqelikning keskin o‘zgarishi sharoitida ular bo‘linib ketadigan guruhlar o‘rtasidagi «revolyutsionerlikda” musobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq sektalarga xos mistik tildan, e’tiqodga da’vat qilish yoki undan «chetlashish», «shakkoklik» uchun jazolash kabi uslublardan foydalanish xosdir. Amerikalik sotsiolog K.Keniston «bunday guruhlarda odatiy shaxsiy nizolar, liderlik uchun kurash, did va qarashlardagi farq sezilarli darajada o‘sib, ba’zida, hatto hayot-mamot masalasigacha etib boradi», - deb yozgan edi.

YAshirin «armiya»larning ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (italyan terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da — «jovalalar” deb ataladigan tezkor birliklardan tashkil topadi. Ular bir-birlarini faqat laqablari orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruhlardan iborat piramida shaklida tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir xil. «Jangovar guruh» tashkilot a’zolarining asosiy ehtiyojlarini qondirish, jangarilar tashqariga chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muhitni yaratishdek ko‘plab vazifani bajaradi. Bir so‘z bilan aytganda, jangovar guruh terror xurujini uyushtirishdek asosiy vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muhit vazifasini ham bajaradi.

Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a’zolarning qo‘shilishi, ko‘pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb eadi hamda bir qancha tanlov va sinov bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ekstremistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko‘pincha siyosiy tusga ega bo‘lmagan, mayda zo‘rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday zo‘rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. O‘z doirasiga yangi kimsalarni tortar ekan, terrorchilik guruhi yoki uning rahbariyati so‘zsiz bo‘ysunishi va «ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar “hamma narsani biluvchi» va ularga yo‘lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar.

Hozirgi davrda eng avvalo axborot chegaralariningbarham topishida o‘zligini namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar xalqaro munosabatlar mazmunini belgilagan ikki qarama-qarshi kuch - sotsializm va kapitalizm o‘rtasidagi o‘zaro kurashning barham topishi natijasida ekstremizm va terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va umuman dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Qo‘poruvchilik faoliyatining turli ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash o‘rtasidagi kurash hozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko‘p qutbli dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb etmoqda.

Bu, birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizmning anarxizm va fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning keng qatlamlari bilan bog‘lovchi halqa sifatida islom shiorlaridan ustalik bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini mohirona yashira oladigan holat kasb etdi. O‘z vaqtida, XX asrning 70-yillarida, terrorchilar xalq bilan birgalikni ko‘rsatish va uning nomidan harakat qilish uchun kommunizm shiorlari ostida faoliyat yuritishi va shu yo‘l bilan mablag‘ to‘plashi qulayroq edi. O‘sha yillarda Lotin Amerikasida ekstremistik ruhdagi kommunistparast tuzilmalarningjangarilari jamiyatda parokandalikni yuzaga keltirish va tartibsizlik to‘lqinida kommunistlarning hokimiyatni qo‘lga olishiga sharoit yaratishga qaratilgan ko‘plab terrorchilik xurujlarini sodir etardilar. Biroq aksariyat hollarda, ular hokimiyatni qo‘lga olish niyatlariga erisha olmadilar va jamiyat a’zolari diqqatini jalb qilish maqsadini ko‘zlagan shov-shuvli terrorchilik xurujlarini amalga oshirish bilan qanoatlanishga majbur bo‘ldilar. Ekstremistik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida jamiyatni qo‘rquv va vahimada tutib turish va shu yo‘l bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsiziik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu esa o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotini va ijtimoiy hayotning turli jabhalarida barqarorlikka erishishni jiddiy qiyinlashtirar edi.

Bugungi kunda kommunistik shiorlar unchalik ham mashhur emas, ekstremistik tuzilmalarni «qizil rangi» uchun yirik mablag‘lar bilan qo‘llab-quvvatlagan SSSR ham yo‘q. O‘z navbatida, AQSH va uning sheriklariga ham, javob tariqasida shunga o‘xshash tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yirik mablag‘larni sovurishiga hech qanday zarurat qolmadi. Biroq yangi sharoitda bar xil turdagi buzg‘unchilik, beqarorlikni keltirib chiqarishga qaratilgan vositalar bugun ham ana shu maqsadlarga faqat islom shiorlari ostida yo‘naltirilayapti, xolos.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin