Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə37/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

3-asosiy savolning bayoni:

«Bizdan uzoq-yaqin masofalarda joylashgan ayrim islom davlatlarida o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan musulmon xalifaligini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan muayyan tashkilotlar mavjud», - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov. Bugungi kundagi mavjud voqelik, jahon sahnida kechayotgan jarayonlarga teran ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, YUrtboshimizning so‘zlari chuqur ma’no-mazmunga egaligini anglab etish mumkin.

Zero, musulmon dunyosida qonunlar doirasida siyosiy, ma’rifiy-madaniy, xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi rasmiy islomiy tashkilotlardan tashqari, bir qator ekstremistik diniy-siyosiy guruhlar ham faoliyat olib bormoqda. Ularning asosiy maqsadi islom dinini siyosiylashtirgan holda, yagona mafkuraviy makon barpo qilish asosida hokimiyatni qo‘lga kiritishdir.

Ushbu maqsad yo‘lida ular targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan bir qatorda, terrorchilik amaliyotidan ham keng ko‘lamda foydalanishmoqda. Xususan, davlat rahbarlari, huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlari, jurnalist va siyosatchilar, chet ellik fuqarolarni o‘ldirish yoki garovga olish, etakchi G‘arb davlatlariga tegishli ob’ektlarda qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish orqali jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik keltirib chiqarish hamda hukumatning G‘arb dunyosi bilan hamkorligiga putur etkazishga intilish g‘arazli maqsadlar yo‘lida amalga oshiriladigan harakatlar zanjirining uzviy xalqalari hisoblanadi.

Hozirgi kunda diniy-ekstremistik tashkilotlarning faoliyati yuqorida qayd qilinganidek, Jazoir, Misr, Indoneziya, Hindiston, Filippin, Pokiston, Iroq, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasining Kavkazdagi respublikalari kabi kata jug‘rofiy hududda kuzatilmoqda.

Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligi va rivojiga salbiy ta’siri xalqaro terrorchilik tizimida etakchi o‘rinlarni egallab turgan ba’zi tashkilotlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular sirasida bunday tashkilotlar vujudga ketishiga asos va namuna bo‘lgan «Musulmon birodarlar» guruhining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Misrda jamiyatda islomning o‘rni masalasida turlicha yondashuv va qarashlar shakllandi. Jumladan ba’zilar jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar dinga bo‘lgan munosabatda ham qo‘llanishi zarur deb hisoblasalar, boshqalar, aksincha, o‘tgan asrning 20-yillarida mamlakatda ro‘y bergan iqtisodiy turg‘unlikni musulmonlar hayotiga kirib kelgan G‘arb tsivilizatsiyasiga xos «yangiliklar» bilan bog‘lab, mamlakatda shariatga asoslangan teokratik davlat tuzumini o‘rnatish orqaligina taraqqiyotga erishish mumkin, degan da’vat bilan chiqdilar.

Aynan so‘nggi yo‘nalish tarafdorlarining g‘oyalari asosida Hasan al-Banno tomonidan 1928-yilda «Musulmon birodarlar» tashkilotiga asos solindi. Hasan al-Banno G‘arb madaniyatining musulmon dunyosiga kirib kelishi islomning inqiroziga sabab bo‘lgani uchun, musulmonlarni saqofiylik ruhida qayta tarbiyalash zarur, deb hisoblardi.

Ikkinchi jahon urushi davrida jamiyatning quyi va o‘rta tabaqalar vakillari hisobiga tez kengayib borgan tashkilot o‘zining xorijiy bo‘limlari va jangovar faoliyatga mo‘ljallangan maxfiy tizimlarini vujudga keltirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1946-yilga kelib, «Musulmon birodarlar» 5000 ta mahalliy bo‘lim va umumiy hisobda 500000 a’zoga ega yirik tashkilotga aylangan.

1948-49-yillari tashkilot a’zolari Falastindagi Arab-Isroil urushida mustaqil jangovar birlik sifatida Isroil qo‘shinlariga qarshi jang qildi. Urushdan keyin esa «birodarlar» etakchilari Misr rahbariyatini jur’atsizlikda ayblab, mamlakatda qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirdi. Bunga javoban, hukumat tashkilotni qattiq ta’qib ostiga oldi va 1949-yilning fevralida Hasan al-Banno o‘ldirildi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin