Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə60/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Muhokama uchun savollar:

1. XX asr boshlaridagi terrorizmga qarshi harakatlarni baholang.

2. Xalqaro hamjamiyatning ekstremizmga qarshi kurashini sharhlang.
3-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga diniy ekstremizm va terrorizmning musulmon dnyosiga solayotgan xavfini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadalari:

- ekstremizm va terrorizmning faoliyat yo‘nalitshlarini sharhlaydi;

- diniy radikal oqimlarning asl masadlarini biladi.
3-asosiy savolning bayoni:

Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va aqidaparastlar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta’limotidan foydalanmoqdalar. SHu bilan birga, diniy ritorika ularga ko‘zda tutilayotgan jamiyatning aniq shaklu shamoyilini taqdim etmagan holda (bu ular uchun xuddi anarxistlar kabi unchalik ahamiyatga ega emas) xayoliy jamiyat haqidagi tasavvurlardan foydalanish imkonini beradi. Bunda eng muhimi tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga erishish esa, o‘ziga xos eng umumiy maqsadni tashkil etadi, deyish mumkin.

Noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznes hisobidan katta mablag‘lar to‘planayotgan, musulmon dunyosida shakllangan o‘ziga xoslik tufayli yuzaga kelgan vaziyatda islomni shior qilib olgan ekstremizm va terrorizm xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida birinchi o‘ringa chiqdi.

Musulmon dunyosida qonunlar doirasida siyosiy, ma’rifiy-madaniy, xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi rasmiy islomiy tashkilotlardan tashqari, bir qator ekstremistik diniy-siyosiy guruhlar ham faoliyat olib bormoqda. Ularning asosiy maqsadi islom dinini siyosiylashtirgan holda, yagona mafkuraviy makon barpo qilish asosida hokimiyatni qo‘lga kiritishdir.

Aynan so‘nggi yo‘nalish tarafdorlarining g‘oyalari asosida Hasan al-Banno tomonidan 1928-yilda «Musulmon birodarlar» tashkilotiga asos solindi.

«Musulmon birodarlar» Misrda rasman taqiqlangan bo‘lsa-da, deyarli ochiq faoliyat yuritmoqdaki, buni «birodarlar»dan 16 tasi mustaqil deputat sifatida Misr parlamentidan joy olganida ham ko‘rish mumkin. 2004-yilning 12-mayida Misr politsiyasi tashkilotning 54 nafar a’zosini CHecheniston, Iroq va Falastinda jangovar tayyorgarlik o‘tish va Misrda davlat to‘ntarishi amalga oshirishni rejalashtirishda ayblab qamoqqa olgani ham fikrimiz isbotidir.

«Hizbut-tahrir» faollarining musulmon dunyosiga mansub bir qator davlatlarda konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan terrorchilik amaliyotlarida ishtirok etgani ham ularning asl qiyofasini ochiq-oydin namoyish etadi.

Garchi «Hizbut-tahrir» o‘z faoliyatida faqat g‘oyaviy kurash usuilaridan foydalanishni e’lon qilsa-da, tashkilot mafkurasini ifodalovchi hujjatlar buning aksini ko‘rsatadi. Xususan, «Hizbut-tahrir» tomonidan tarqatiladigan varaqalar va qilinadigan da’vatlarda “musulmon bo‘lmagan hukumatlarga qurolli jihod e’lon qilish zarur», degan g‘oyaning keng targ‘ib qilinishi, «al-Va’y» jurnalining 2001-yil iyun oyida chop etilgan 170-sonida islom xalifaligini qurish yo‘lida barcha vositalarni qo‘llash, hatto, qotillik qilishning oqlanishi, begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi terrorchi-kamikadzelarning «shahidlar» qatoriga kiritilgani ham buni tasdiqlaydi.

«Al-Qoida» rahbariyati g‘oyaviy jihatdan Muhammad ibn Abdul-Vahhob va Sayid Qutblarning asarlarida bayon qilingan tamoyillarga asoslanishini e’tirof qilgan holda, amalda musulmon davlatlaridagi dunyoviy hukumatlarni ag‘darib tashlash va shariatga asoslangan islomiy davlat qurishdek asosiy maqsadni ko‘zlaydi.

«Ai-Qoida» rahbariyatining YAqin SHarqdagi Arab - Isroil muammosini musulmon va kofirlar orasidagi dinlararo kurash sifatida ta’riflashi, 1991-yilda Amerika qo‘shinlarining Iroqda harbiy harakat olib borish uchun Saudiya Arabistoni hududiga joylashuvini musulmon dunyosiga nisbatan salb yurishi deb baholashi ham, AQSHni musulmonlarning asosiy dushmani, Isroilni esa uning yaqin yordamchisi, deb hisoblashi ham tashki­lotning g‘oyaviy qarashlarini aniq ifodalaydi deyish mumkin.

Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko‘plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998-yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Arab bitimini qabul qilishgan.

Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar ham hozirda shunga o‘xshash Bitimni yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bilan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubhali tadbirlarga pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko‘rilgan. Ko‘plab qo‘shni davlatlar bilan xavfsizlikni ta’minlash sohasida bir qator bitimlar ratifikatsiya qiiingan. Bu bitim­lar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi.

Bundan tashqari, Jazoirda teraktlardan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash qurboni bo‘lganlarga tovon puli to‘lash masalalariga bag‘ishlangan hujjatlar qabul qilingan.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin