Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə59/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Muhokama uchun savollar:

1. Diniy ekstremizmning xavfi nimalarda bilinadi?

2. Terrorizmning jamiyat uchun zararini tushuntiring.
2-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga xalqaro hamjamiyatning diniy ekstremizmga qarshi kurashi to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- o‘tgan asr boshlaridagi harakatlarni biladi;

- Xalqaro hamjamiyatning ekstremizmga qarshi kurashini baholaydi.
2-asosiy savolning bayoni:

Xalqaro terrorizm - eng og‘ir jinoyat bo‘lib, u uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.

Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934-yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferentsiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan edi.

1937-yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi. Unda terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi o‘rtasida qo‘rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko‘zlagan jinoiy faoliyat» deya ta’riflangan edi. Davlat boshliqlari, ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo‘r bo‘lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog‘lig‘i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar etkazish, ommaviy xavf tug‘dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko‘zlash, ko‘zla­gan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash va etkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi.

Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» haqidagi Konventsiyani imzoladi. SHunday bo‘isa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo‘yilmagan, terrorizmning ta’rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. YUqoridagi kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan Konventsiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to‘play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi. SHunga qaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko‘pmi ijobiy ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta. CHunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.

1972-yilning may va sentabr oylarida sodir bo‘lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o‘z e’tiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo‘llash xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga, xususan, 1949-yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi Jeneva Konventsiyasiga, 1977-yilda qabul qiiingan Qo‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.

Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «SHtern», «Irgun» (Isroil), «YAhudiylarni himoya qilish ligasi» (AQSH), «Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo‘lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora internatsional», «Butun dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalar ko‘pchilikka ma’lum edi. SHuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jumladan, Evropada ham «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Armiya fraktsiyasi», «Jangari kommunistik guruhlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Frantsiya), «ETA» (Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta miqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila boshlaganini ta’kidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro muhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi, Ularga, aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlarni kiritish mumkin.

Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Jumladan, BMT huzurida xalqaro terrorizm bo‘yicha tashkil etilgan Maxsus qo‘mita terrorizm sabablarini o‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

1973-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muho­fazadan foydalanadigan shaxslar, Jumladan, diplomatik agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo‘yicha Konventsiyani qabul qildi, Uning 1-moddasiga muvofiq xorijiy mamlakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muhofaza huquqi bo‘lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro muhofazada bo‘ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan.

Odam o‘ldirish, o‘g‘irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug‘dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslarning transport vositalariga zo‘ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va shunga o‘xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi.

Terrorchini o‘z hududida qo‘lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko‘ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun zarur choralarni ko‘radi. Ayni paytda, ko‘rilgan choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum qiladi.

Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy kelishuvlar Evropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchilarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o‘z ifodasini topgan.

Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971-y.), Evropa davlatlari (1976-y.) va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assotsiatsiyasi (1987-y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konventsiya ham mavjudligini qayd etish lozim.

SHu bilan birga, Evropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo‘yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi ham faoliyat ko‘rsatayotganini ta’kidlash zarur.

Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko‘plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998-yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Arab bitimini qabul qilishgan.

Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar ham hozirda shunga o‘xshash Bitimni yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bilan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubhali tadbirlarga pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko‘rilgan. Ko‘plab qo‘shni davlatlar bilan xavfsizlikni ta’minlash sohasida bir qator bitimlar ratifikatsiya qiiingan. Bu bitim­lar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi.

Mazkur muammoning BMT, EXHT, NATO kabi nufuzli xalq­aro institutlar faoliyatidagi o‘rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan o‘nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bitimlar, Konventsiyalar qabul qilinmoqda,tashkilotlar hamda ijro tizimi yaratilmoqda. Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qarorlari mazkur muammoning turli qirralarini qamrab olgan bo‘lib, dunyoning mutlaq ko‘pchilik davlatlari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo‘llari izlanmoqda. MDHning Aksilterror markazi hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo‘lib, ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko‘p jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir.

Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlash bu kurashda ilg‘or hisoblangan mamlakatlar tajribasida ham alohida o‘rin tutmoqda. Masalan, 1958-1999-yillar davomida AQSHda qabul qilingan 40 ta huquqiy hujjat u yoki bu darajada terrorizmga qarshi kurashning huquqiy zaminini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Ularning eng muhimlari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi» (1995-y.) va «Terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonun»ni (1996-y.) kiritish mumkin.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin