Umumiy va yakuniy hulosalar chiqarish Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, badiiy uslub inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi, o’quvchiga, tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Uslubda muallif tilining barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanish, turli ifodaviy vositalarni qo’llash mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy nutq uslubi keng imkoniyatga ega. San’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi.
O’qituvchi, 10 minut
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: Badiiy uslubning o’zi uchun xarakterli bo’lgan tomonlari: lisoniy, nolisoniy belgilari.
2. Badiiy nutqning ko’rinishlari: nasriy nutq, poetik nutq, grammatik nutq.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Badiiy uslub. Badiiy nutq. So’z san’ati. Timsollar tizimi. Badiiy to’qima. Yozuvchi fantaziyasi. Proza, poeziya, drama, janrlar. Tasviriylik, Ta’sirchanlik. Umumxalq tili. Tasavvur uyg’otish.
Mavzuga oid asosiy muammolar: 1.Badiiy uslubda adabiy til va umuxalq tili vositalari va ularga xos bor imkoniyatlarning nisbatan keng va to’liq namoyon bo’lishihaqida yana qanday fikr ayta olasiz?
2.Badiiy to’qima va yozuvchi fantaziyasining ishtiroki badiiy asarda bo’lishi shartmi?
3.Badiiy nutq uslubiyati boy tarixi va an’analari bilan o’zbek tili uslubiyatning poydevorini yaratganligi haqidagi fikrga qanday qaraysiz?
1-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi: 1.Badiiy uslubning lisoniy va nolisoniy belgilarini tushuntirish.
2.Badiiy uslubning estetik ta’sir etish vazifasini bajarishi to’g’risida tushuncha berish.
3.Proza, poeziya,dramaturgiya va rang-barang janrlardan iborat ekanligi.
4.Badiiy uslubda lug’aviy birliklar, grammatik ko’rsatkichlar cheklanmaganligini tushuntirish.
5.Badiiy uslubda gap turlarini qo’llash haqida talabalarga tushuncha berish.
6.Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalari asosiy omil hisoblanishini tushuntirish.