2.1.. O’zbek tili lug’atining qo’llanishi faol (chegaralanmagan) va qo’llanishi sust (chegaralangan) turlarining o’ziga xos xususiyatlarini sanang.
2.2. Qo’llanishi chegaralanmagan leksikaning uslubiy imkoniyatlari aytib bering.
2.3. Qo’llanishi chegaralangan leksika va uning a’moliy-uslubiy xususiyatlarini izohlang.
2.4. Dialektizmlar va ularning qo’llanishi haqida nima deya olasiz?
2.5. Terminlar va ularning qo’llanishi haqida gapirib bering.
2.6. Jargonizm va argotizmlarning qo’llanishi qanday bo’ladi?
2.7. Arxaizmlarning qayta faollashuvi va ularning uslubiy vazifalarini ko’rsating.
2.8. Neologizmlar, imkoniyatdor so’zlar tavsifini bering.
2.9. Istiqlol davri adabiy tilidagi yangilanishlar, maromlashishlar haqida nimalar bilasiz?
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
So’z qo’llash uslubiyatini ilmiy asoslash.
Shakldosh so’zlarning qo’llanishidagi ayrim farqlarni e’tirof etish.
Ma’nodoshlik uslubiyat asosi ekanligini misollar asosida isbotlab berish.
Lug’aviy sinonimlar, ma’noviy sinonimlar, uslubiy sinonimlar, grammatik sinonimlar orasidagi farqni ilmiy dalillar asosida farqlash.
Ziddiyalar nafaqat so’zlar orasida, balki iboralar, gaplar, hatto qo’shimchalar orasida mavjudligini belgilab, shu asosda nazariy xulosalar chiqarish.
G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot.
O’zbek tili uslubiyati fanidan 7-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Til lug’atining uslubiy tabaqalanishi. Adabiy til (nutq) funktsional uslublari umumiy lug’atining tarkibiy tavsifi. Unda adabiy bo’lmagan so’zlar (dialektizm, jargonizm, arxaizmlar) ning borligi. Bularning adabiy nutq tarkibida muayyan uslubiy qiymat (qo’shimcha ma’lumot) kasb etishi. Uslubiy maqomli lug’at birliklari qo’llanishining funktsional-kommunikativ jihatdan chegaralanganligi. Qo’llanish darajasiga ko’ra til lug’ati tarkibini funktsional faol va va funktsional sust turlarga guruhlash imkoniyati. Buning adabiy nutq vositalari boyligini uslubiy jihatdan tasvirlash uchun zarurligi. Til lug’at tarkibini funktsional-uslubiy jihatdan dastlab 1) qo’llanishi chegaralanmagan (keng iste’mol) va 2) qo’llanishi chegaralangan (tor iste’mol) leksikaga ajratish mumkinligi
2. Qo’llanishi chegaralanmagan leksikaning uslubiy tavsifi qo’llanishi u yoki bu nutq shakli yoki nutq uslubi doirasida chegaralanmagan, turli uslublarda ishlatilishiga ko’ra betaraf. Keng iste’mol qilinadi, funktsional faol, kontekstdan tashqarida uslubiy jihatdan betaraf.
3. Qo’llanishi chegaralangan leksikaning uslubiy tavsifi.
4. Dialektizmlar va ularning turlari. Dialektizmlarning hududiy nutq vositalari sifatida qo’llanish doirasi.
5. Terminlar va ularni turli uslublarda qo’llash usullari. Terminlarni badiiy, publitsistik, ilmiy-ommabop matnlarda qo’llashning o’ziga xosligi.
6. Jargonizm va argotizmlar. Ulardan foydalanishning cheklanganligi. Ularni qo’llash mezonlari.
7. O’zlashgan qatlamga mansub so’zlar ma’lum qismining «olinganlik» belgisiga ega ekanligi. Bundan uslubiy maqsadlarda foyldalanish.
8. Arxaizmlarning qayta faollashuvi va ularning uslubiy vazifalari. Funktsional faolligi susaygan, qo’llanish doirasi chegaralangan leksika. Eskilik bo’yog’iga ega so’z turlari.
9. Neologizmlar, imkoniyatdor so’zlar tavsifi. Yangilik bo’yog’iga ega so’z va yangi so’z tushunchalari. Bularning farqi.
10. Lug’at birliklarining o’zaro munosabatda ekanligi. Bu munosabatlarning leksik birliklar funktsional-uslubiy qiymatini belgilashdagi ahamiyati.
11. Sinonimlar. Ularning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlar adabiy tilning muhim uslubiy vositalari ekanligi.
12. Antonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi. Qarshilantirish-tazod san’ati.
13. Omonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi. So’z o’yini va tuyuq janri.
14. Paronimlar. Ulardan badiiy adabiyotda uslubiy maqsadlarda foydalanish. Paronimlarni qo’llash Bilan bog’liq nuqsonlar