Kelishik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlari O’zbek tilida kelishiklar o’zining turli xil territorial va fonetik variantlarining ko’pligi, turli kelishik shakllarining biri o’rnida ikkinchisini sinonim sifatida almashtirib ishlatish imkoniyatlarining mavjudligi bilan boshqa grammatik kategoriyalardan farqlanadi.
Kelishik qo’shimchalari o’zaro sinonimik munosabatga kirishishidan tashqarii, boshqa grammatik shakllar, ko’makchilar bilan ham sinonimik munosabatda bo’la oladi. Bular ma’lum fikrni aniq, tushunarli ifodalash uchun yozuvchi yoki so’zlovchiga ko’rsatilgan turli vositalardan eng lozimini tanlab ishlatish imkonini beradi.
Kelishik qo’shimchalarining pleonastik ravishda qo’llanishi belgili yoki belgisiz ishlatilishidan kelib chiqadigan nozikliklar, shu bilan bog’liq ravishda kelishik qo’shimchasini ba’zan tushirib qoldirish, ba’zan esa tushirib qoldirish mumkin emasligi masalalari ham uslubiy qiymatga ega. Masalan, Ilon yutgan odam gapida odam ilonni yutganmi yoki ilon odamni yutganmi? aniq tushunib olish qiyin, fikr aniq emas. Agar odam ilonni yutgan bo’lsa, ilon so’zi tushum kelishigi qo’shimchasini qabul qilishi kerak, agar odamni ilon yutgan bo’lsa, odam so’zi tushum kelishigi qo’shimchasini qabul qilishi kerak. Demak, keltirilgan misolda tushum kelishigi qo’shimchasini tushurib qoldirish mumkin emas.
Guliston Davlat universitetining filologiya fakultetining ikkinchi kursining talabasi gapi grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan bo’lsa ham, uslubiy jihatdan to’g’ri emas. –ning qo’shimchasini qo’llashda ortiqchalikka yo’l qo’yilgan. Bu gapni Guliston Davlat universiteti filologiya fakulteti (ning) ikkinchi kurs talabasi tarzida tuzish ma’qul.
Qaratqich kelishigining hozirgi o’zbek tilidagi –ning shakli to’rt xil morfologik variantga (-ni, ing,-n) ega. Ulardan –ni og’zaki so’zlashuv nutqiga, -n formasi esa poetik nutqqa xos.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida qaratqich kelishigi qo’shimchasining –ning shakli me’yori hisoblanadi. Uning o’rnida –ni qo’shimchasidan foydalanish adabiy til me’yoridan chekinishga kiradi: Shu sababli Azimjon bir kosa lag’monni Hamidovni yoniga qo’ydi. Xalqni har erda, har ishda jahlni qurboni deb tushunar edi. Dod zolimni dastidan gaplarida tushum kelishigi qo’shimchasi o’rnida qaratqich kelishigi qo’shimchasi ishlatilishi kerak.
Jonli so’zlashuvda qaratqich kelishigi birinchi va ikkinchi shaxs kishilik olmoshlarining birligiga, dialektlarda, til tarixida uchinchi shaxs qo’shimchalaridan so’ng-i shaklida qo’shiladi. Bu shaklda u, men, sen olmoshlaridan so’ng qo’shilgan tushum kelishigi qo’shimchasi hamda undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiluvchi uchinchi shaxs egalik qo’shimchasining birligi-i bilan omonimik munosabatda bo’ladi. Qiyoslang: Meni kitobim (qaratqich -dialektal), meni shersiz deding... (tushum), makoni (egalik qo’shimchasi).
Qaratqich kelishigi poetik nutqda–n shaklida ham ishlatiladi, ana shu ko’rinishda ham qaratqich kelishigi tushum kelishigi bilan omonimiya hosil qiladi: Er kurrasin boshin tang’idik. Va tarixning tomirlariga quydik erigan temir (G’.G’.)gapida kurrasin qaratqich kelishigi, boshin tushum kelishidagi so’zlardir.
Bu o’rinda birgina-n shakli ikki kelishik vazifasini bajaryaptimi yoki –ning va –ni qo’shimchalarining alohida-alohida shakliga kelgan omonimik holatmi? Keyingisi haqiqatga yaqin: ular ikki xil vazifadagi va boshqa-boshqa ma’no anglatuvchi omonimik qo’shimchalardir. Keltirilgan misoldagi kurrasin va boshin so’zlarining o’rnini almashtirish mumkin emasligi ham ularning ikki boshqa-boshqa kelishiklar ekanligini, biri aniqlovchi, ikkinchisi aniqlanmish ekanligini ko’rsatadi. Qaratichning –n shakli poetik nutqda boshqa nutq shakllarida ishlatilmaydi.
Qaratqich kelishigi qo’shimchasi qarashlilik ma’nosini anglatganda xuddi shu vazifani bajaruvchi –niki qo’shimchasi bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Bunday vaqtda –ning va -niki qo’shimchalari funktsiyadosh bo’ladi. Bu esa ularning transpozitsiyasiga imkon beradi. –niki va –ning qo’shimchalarining sinonmik vosita sifatida ishlatilishi ham ko’proq hozirgi poetik nutq uchun xosdir: Bag’ringga tort, quchoqla, bahor, Jozibalar barchasi sening. (H.O.)
Qaralmish konkret ot bilan ifodalanganda, qaratqich -qaralmish birikmasidagi –ning qo’shimchasini –niki bilan almashtirish doim mumkin bo’la bermaydi: Ikki yuz yil elkang sening Ezdi lordu, taxtu toj .
Hozirgi o’zbek adabiy tilida aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi me’yor hisoblanadi. Bularning o’rnini almashtirish yozuvchi yoki so’zlovchining maqsadi bilan bog’liq. Lekin shuni ham aytish kerakki, qaratqich va qaralmishning o’rnini faqat qaratqich belgili bo’lgandagina almashtirish mumkin. Bu ham asosan poetik nutq uchun xos. Masalan:
Ey muqaddas gul diyorim, gulshanim jonim mening,
Men sening bag’ringda o’sdim, yo’qdir armonim mening! (U)
Tarixiy mavzuda yozilgan ba’zi bir prozaik asarlar tilida, ba’zan hozirgi poetik asarlar tilida kishilik olmoshlarining birinchi shaxs birlik va ko’pligiga qaratqich –im shaklida qo’shiladi. Bunda –im qaratqich kelishigi qo’shimchasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Misollar: Yo’q! Siz bilasiz! Manim peshonamga nelar yozilgan, saltanatning taqdiri na bo’lur–barini bilasiz.
Bundan tashqari, kishilik olmoshlarining birinchi shaxs birligi gapda kirish so’z vazifasida kelganda ham ko’pincha –im shakli qo’llaniladi (menimcha). Qaratqich kelishigining bu shaklida qo’llanishi ma’lum darajada chegaralangan. Uning o’rnini hozirgi o’zbek adabiy tilida –ning egallamoqda (meningcha) Qaratqich kelishigi qo’shimchasi-ning ko’makchilar bilan sinonimik holatda deyarli ishlatilmaydi.
Hozirgi o’zbek tilining hamma uslublarida tushum kelishigi qo’shimchasi –ni. Og’zaki nutqda –n, -i varinatlaridan ham foydalaniladi.
Tushum kelishigining belgisiz shakli bosh kelishik va qaratqich kelishigining belgisiz shakli bilan omonim hisoblanadi. Qiyos qiling: Gul ochildiG’G’ gul bargiG’G’ gul keltirdi kabi. Har uchalasida ham gul so’zi bironta formantga ega emas, ammo birinchi gapda bosh kelishikda–ega, ikkinchisida qaratqich kelishigida–aniqlovchi, uchinchisida esa tushum kelishigida-to’ldiruvchi. Ular bir-biridan shakl jihatdan emas, semantik jihatdan ham farqlanadi.
Tushum kelishigi qo’shimchasining saqlanishi yoki tushirib qoldirilishi ko’p jihatdan uni boshqarib kelgan so’zning xarakteriga bog’liq. Masalan, suv ichdim deyish mumkin, ammo suv sevaman deyish mumkin emas.
Qaratqich bilan tushum kelishigini aralashtirish yaramaydi. Mana bu misolga ahamiyat bering: Direktorni idorasida ko’rdim-idorada direktor ko’rilgan, agar bu gap Direktorning idorasida ko’rdim tarzida qurilsa–kimdir boshqa kishini direktorning xonasida (direktorni emas) ko’rganligi tushuniladi.
Jo’nalish va tushum kelishiklari asosiy xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Ammo ularni ayrim qo’shimcha ma’nolarining yaqinligiga ko’ra biri o’rnida ikkinchisini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Bu holat dialektal (Samarqand, Buxoro) va adabiy tildagi qurshov va ekstralingvistik vositalar sababli maydonga keladi. Qiyoslang: Menga paxtani yuklashni buyurdiG’G’meni paxta yuklashga buyurdi.
Chiqish kelishigidagi so’z o’timli fe’l tomonidan boshqarilganda harakatning predmetga o’tganligi ma’nosi ifodalanadi va shu ma’nosi bilan tushum kelishigiga sinonimik munosabatda bo’ladi. Biroq chiqish kelishigi harakatni predmetning qismiga yoki qismi orqali predmetga o’tganligi ma’nosini, tushum kelishigi shu kelishikdagi so’z orqali ifodalangan predmetga harakatning to’lig’icha o’tganligi ma’nosini anglatadi. Qiyoslang: Yuzlarimni silab-siypalab, Baxting bor, deb esadi ellar.