Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o
O’qituvchi, 10 minut
5
Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish. O’zbek tili uslubiyati fanidan 2-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Til lug’atining uslubiy tabaqalanishi. Adabiy til (nutq) funktsional uslublari umumiy lug’atining tarkibiy tavsifi. Unda adabiy bo’lmagan so’zlar (dialektizm, jargonizm, arxaizmlar) ning borligi. Bularning adabiy nutq tarkibida muayyan uslubiy qiymat (qo’shimcha ma’lumot) kasb etishi. Uslubiy maqomli lug’at birliklari qo’llanishining funktsional-kommunikativ jihatdan chegaralanganligi. Qo’llanish darajasiga ko’ra til lug’ati tarkibini funktsional faol va va funktsional sust turlarga guruhlash imkoniyati. Buning adabiy nutq vositalari boyligini uslubiy jihatdan tasvirlash uchun zarurligi. Til lug’at tarkibini funktsional-uslubiy jihatdan dastlab 1) qo’llanishi chegaralanmagan (keng iste’mol) va 2) qo’llanishi chegaralangan (tor iste’mol) leksikaga ajratish mumkinligi.
Qo’llanishi chegaralanmagan leksikaning uslubiy tavsifi qo’llanishi u yoki bu nutq shakli yoki nutq uslubi doirasida chegaralanmagan, turli uslublarda ishlatilishiga ko’ra betaraf. Keng iste’mol qilinadi, funktsional faol, kontekstdan tashqarida uslubiy jihatdan betaraf.
Qo’llanishi chegaralangan leksikaning uslubiy tavsifi. Dialektizmlar va ularning turlari. Dialektizmlarning hududiy nutq vositalari sifatida qo’llanish doirasi. Terminlar va ularni turli uslublarda qo’llash usullari. Terminlarni badiiy, publitsistik, ilmiy-ommabop matnlarda qo’llashning o’ziga xosligi.
Jargonizm va argotizmlar. Ulardan foydalanishning cheklanganligi. Ularni qo’llash mezonlari.
O’zlashgan qatlamga mansub so’zlar ma’lum qismining «olinganlik» belgisiga ega ekanligi. Bundan uslubiy maqsadlarda foyldalanish.
Arxaizmlarning qayta faollashuvi va ularning uslubiy vazifalari. Funktsional faolligi susaygan, qo’llanish doirasi chegaralangan leksika. Eskilik bo’yog’iga ega so’z turlari. Neologizmlar, imkoniyatdor so’zlar tavsifi. Yangilik bo’yog’iga ega so’z va yangi so’z tushunchalari. Bularning farqi.
Lug’at birliklarining o’zaro munosabatda ekanligi. Bu munosabatlarning leksik birliklar funktsional-uslubiy qiymatini belgilashdagi ahamiyati.
Sinonimlar. Ularning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlar adabiy tilning muhim uslubiy vositalari ekanligi.
Antonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi. Qarshilantirish-tazod san’ati.
Omonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi. So’z o’yini va tuyuq janri.
Paronimlar. Ulardan badiiy adabiyotda uslubiy maqsadlarda foydalanish. Paronimlarni qo’llash bilan bog’liq nuqsonlar